Butun dunyo böylab xaridorlar «11.11» va «Barakali juma» aksiyalarini Yangi yil sovğalarini oldindan xarid qiliş yoki qimmatbaho buyumni nihoyat katta çegirma bilan sotib oliş uçun kutib turadi. Sotuvçilar uçun esa bu talab çöqqiga çiqadigan davr bölib, xato qiliş ayniqsa qimmatga tuşadi. Mahsulot zaxirasi, puxta öylangan iqtisodiyot, samarali reklama va tezkor yetkazib beriş bölmaganda, hatto katta çegirmalar ham natijani kafolatlamasligi mumkin.
Nima uçun yuqori mavsumga tayyorgarlikni oldindan boşlaş kerakligi va xaridorlar talabining ösişidan biznes manfaatlari yölida qanday foydalaniş mumkinligi haqida sözlab beramiz.

«11.11» aksiyasi qanday paydo bölgan?
«11.11» çegirmalari yoki Butunjahon xaridlar kuni tarixi daromad oliş istagidan emas, balki Xitoyda 11-noyabr kuni nişonlanadigan yolğiz insonlar bayramidan boşlangan.
2009-yilda Alibaba kompaniyasi Böydoqlar kunini monetizatsiya qilişga qaror qildi va 11-noyabr kuni 27 nafar sotuvçi iştirok etgan «Brend mahsulotlariga 50% çegirma» aksiyasini boşladi. Tajriba muvaffaqiyatli böldi: vaqt ötişi bilan Xitoydagi mahalliy bayram jahon elektron tijoratidagi eng yirik savdo davrlaridan biriga aylandi.
Noyabrdagi çegirmalar global trendga aylandi
Noyabr oyi çegirmalariga qiziqiş tobora ortib bormoqda. 2025-yilda Cyber Week davrida jahon onlayn savdolari 336,6 mlrd dollarga yetdi - bu ötgan yilga nisbatan 7 foiz köproq. Kiber-duşanbadagi savdolar ham ösib, 53 mlrd dollarni taşkil etdi (+7 foiz yildan yilga) [4].
Şu bilan birga, uşbu davrdagi onlayn buyurtmalarning 70 foizini xaridorlar mobil qurilmalar orqali rasmiylaştirgan. Bundan taşqari, çegirmalar davri tobora uzayib bormoqda, xaridlar uçun esa raqamli kanallar yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uşbu global yönaliş mahalliy bozorda ham öz aksini topmoqda:
Özbekiston milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, 2025-yil davomida mamlakatda e-commerce bozori ikki baravar ösdi: 15,21 trln sömdan 33,55 trln sömgaça
Hisob-kitoblar uçun mobil moliyaviy xizmatlardan foydalanayotgan xaridorlar soni tobora ortib bormoqda. Masalan, 2025-yilda mobil bank ilovalari orqali amalga oşirilgan operatsiyalar hajmi yil davomida 1,6 baravar ösib, 646 trln sömni taşkil etdi











