Oʻzbekistonda 2026-yilning yanvar–avgust oylarida turli rusumdagi 310 389 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan. Milliy statistika qoʻmitasining xabar berishicha, bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 26 ming donaga oshgan.
Ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar modellar va brendlar boʻyicha:
Cobalt - 107 141 dona;
Damas - 55 022 dona;
Tracker - 29 781 dona;
BYD - 23 850 dona;
Onix - 23 498 dona;
KIA - 19 374 dona;
HAVAL - 6227 dona;
Chery - 5751 dona;
Damas Move - 1530 dona;
maxsus yengil avtomobillar - 38 215 dona.
Bozor qanday oʻzgaryapti?
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan har uchta mashinadan biri Cobalt boʻlib qolyapti. Xususan, 8 oylikda ishlab chiqarish 2025-yilning mos davriga nisbatan 8128 donaga koʻpayib, 107 ming donadan oshdi. Ammo umumiy bozor hajmi tezroq oʻsgani sababli ushbu modelning ulushi deyarli oʻzgarmagan va 34,5 foizni tashkil etgan.
Maʼlumot uchun, joriy yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda 82 ming 951 dona Cobalt ishlab chiqarilgan. Ushbu davrda sotuvlar hajmi 40 ming 936 dona boʻlgan.
Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning birinchi yarmida 73 ming 102 ta Cobalt ishlab chiqarilgan, ularning 67 ming 580 tasi esa sotilgandi. Bu esa birinchi yarim yillikda Cobalt ishlab chiqarish 9 ming 849 taga oshganini, biroq sotuvlar 26 ming 644 taga kamayib ketganini koʻrsatadi. Keyingi davr uchun rasmiy raqamlar hali eʼlon qilingani yoʻq.
Rasm-1
Yanvar – avgust oylarida ishlab chiqarishdagi eng katta oʻsish BYD modellari bilan kuzatilgan - 84,5 foiz. Shuningdek, Onix (16 foiz), Haval (17,4 foiz) va KIA (12,9 foiz) brendlarida ham sezilarli oshish kuzatilgan.













