Kobul egallangach «Tolibon» Afg‘oniston yana islom normalari asosida boshqarilishini ma'lum qildi, ammo bu keng tushuncha bo‘lib, turli yillarda toliblarning o‘zi tomonidan ham turlicha talqin etilgan. BBC «Tolibon» dunyoqarashining asosini tashkil etgan deobandizm - o‘z vaqtida Hindistondan kirib kelgan diniy oqim haqida hikoya qildi.

«Tolibon» harakatiga 1994 yilda mulla Muhammad Umar madrasadagi talabalarning kichik guruhi bilan birgalikda asos solgan. Umar va uning izdoshlari 1989 yilda sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqilgach boshlangan fuqarolik urushi tufayli yuzaga kelgan tartibsizliklar, tartibni saqlash bilan emas, o‘zi jinoyatlar sodir eta boshlagan dala qo‘mondonlaridan qattiq norozi bo‘lishgan.

Afsonalarga ko‘ra, 1994 yil bahorida guruhlardan birining mujohidlari tomonidan Sang-Hisor qishlog‘ida ikki o‘smir qiz o‘g‘irlab ketiladi va ular blokpostda doimiy ravishda zo‘rlanadi. Ushbu hudud yaqinida yashagan, SSSRga qarshi urush faxriysi bo‘lgan Muhammad Umar bu haqda xabar topadi va qizlarni qutqarishga qaror qiladi. U o‘zi dars beradigan madrasaga borib, 30 nafar o‘quvchilarini yig‘adi (pushtu tilida «tolib» - «o‘quvchi» degani) va qizlarni qutqarish uchun otlanadi.

Blokpost qo‘mondonini tank stvoliga osishadi, mulla Umar esa toliblar harakatini rivojlantirishga kirishadi.

U afg‘onlarning jabr-sitamlari, to‘dalarning zo‘ravonliklari, amaldorlarning korrupsiyaga botgani va boshqa tartibsizliklarni butun mamlakat bo‘ylab shariat qonunlari hukmronligini o‘rnatish orqali bartaraf etish mumkinligini ta'kidlaydi.

Mujohidlar avvaliga sekulyarizmga (ya'ni, dinni dunyodan ajratishga), keyin esa kommunizmga qarshi kurashishgan. Ular islomning zamonaviy siyosiy talqiniga moyil edi. Mafkuraviy jihatdan ular Misrda tuzilgan «Birodar musulmonlar» tashkilotiga yaqin edi.

«Tolibon» esa ultratraditsionalistlar. Ular uchun asosiysi: e'tiqod normalariga ipidan ignasigacha rioya etish. Ular o‘zlarini islom dinidagi eng qat'iy ta'limot hisoblangan deobandizm oqimiga mansub hisoblashadi. Bu ta'limot 1867 yilda Hindistonning Deoband shahridagi madrasalardan birida paydo bo‘lgan. Uning izdoshlari Hindistonda britan mustamlakasiga qarshi kurashgan.

«Tolibon» rahbariyatidagi olti kishi. Ular haqida nimalar ma'lum?

«Sof an'analar»