5 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida yiğiliş bölib ötdi. Unda işbilarmonlik muhitiga salbiy ta’sir körsatayotgan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining e’tirozlariga sabab bölayotgan peşlavhalar masalasi körib çiqildi.

Amaldagi tartibga köra, ayrim hollarda korxona nomi, faoliyat turi yoki savdo belgisi aks etgan peşlavhalar ham reklama sifatida baholanib, ular uçun alohida pasport rasmiylaştiriş va tölovlarni amalga oşiriş talab etilmoqda. Bu tadbirkorlar uçun qöşimça ma’muriy yuk bölişi bilan birga, savdo va xizmat körsatiş obektlarining tanilişi, mijozlar oqimi va tuşumiga ham ta’sir körsatmoqda.

Şu munosabat bilan tadbirkorlik sub’yektining nomi va faoliyat turi töğrisida binoga joylaştirilgan axborotni reklama sifatida baholamaslik va buning uçun pasport rasmiylaştirişni bekor qiliş taklif etildi.

Reklamalar va boşqa axborot belgilarini joylaştirişga doir dizayn talablarini tadbirkorlar takliflarini inobatga olgan holda bosqiçma-bosqiç joriy etiş, yuridik şaxslarga tegişli transport vositalariga öz savdo belgisini joylaştiriş tartibini soddalaştiriş taşabbusi ilgari surildi.

“Davlatimiz rahbari tadbirkorlik uçun ortiqça tösiqlarni kamaytiriş zarurligini ta’kidladi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.