Nukusdagi temir yöl ustida qurilgan piyodalar köprigi talab darajasida emasligi, köprik ba'zi paytlari qimirlab turişi haqida xabar bergan edik. 

Köprikning asosiy qismlarida yoriqlar paydo bölgan. Elektr simlar töliq yopilmay, xavfsizlik talablari töliq ta'minlanmagani haqida ma'lumot bergandik. Uning qurilişi 2021 yilning yanvar oyida boşlanib, mart oyida foydalanişga topşirilgan.

Ma'lum bölişiça, köprik «Özbekiston temir yöllari» AJ buyurtmasi asosida qurilgan. Uni «Köprik quriliş» DUK amalga oşirgan. Qurilişga jami 1 mlrd 500 ming söm mablağ ajratilgan. Bular haqida «Qoraqalpoğiston» telekanalining «Xabar» informatsion dasturida ma'lum qilingan.

Şunga qaramasdan işlar töliq yakuniga yetkazilmagan. Köprikning ustki qismi yopilmagan. Piyodalar ötadigan qism faqat peton bilan qolgan. Kafel va brusçatkalar töşalmagan. Ammo, köprik loyihasi taqdim etilgan rasmda yuqoridagilar aks etgan. 

Bundan bir oy oldin mahalliy televideniyeda «Özbekiston temir yöllari» AJ Qönğirot tumanlararo temir yöl uzeli boşliği Amir Embergenov bu kabi qurilişlar yana davom etişini aytib ötgan.

Uşbu köprik Nukusdagi ikkinçi osma köprik hisoblanadi. Undan 22-, 27-, 34-, 41-maktab öquvçilari va 22-, 23-kiçik tuman, «Qösköl-3» MFY ahli ötib qaytişadi. U «Janga bazar» va «Almazar» MFYlari oraliğida joylaşgan. Balandligi 6,52 metr, uzunligi 59,86 metr, kengligi 3 metr.

Avvalroq Nukus dehqon bozori qarşisidagi osma köprik 2-3 kun içida işga tuşişi haqida xabar bergandik. 28 martdan beri 20 kundan köp vaqt ötdiki, köprik haliyam işga tuşmadi.