U 2021 yilning mart oyiga kelib foydalanişga topşirildi. Bu haqida mahalliy televideniyada ham xabar berilgandi (https://t.me/qaraqalpaqstan_telekanali/464). Qayd etilişiça, uning qurilişiga 300 mln söm ajratilgan. Ammo işlar töliq yakuniga yetkazilmagan. Köprikning ustki qismi yopilmagan.
Köprikdan ötayotgan öquvçilarning sözlariga köra, köpçilik uşbu köprikdan ötişga qörqişadi. Sababi temir yöl ustidagi köprik ba'zi holatlarda qimirlab turadi. Tagidan poyezd ötganda ham qimirlaşi aytilmoqda.

«Anavi joylarida yoriqlar bor. Köprik örtasida katta odam sakrasa, qimirlab ketadi. Onam köprikka çiqmang, temir yöldan ötavering, jarima solmaydi, deydi. Köprik qimirlab turgani uçun şunday deydi. Anavi katta bolalar ham qörqqanidan pastdan (temir yöldan) ötişadi. Birovlar bilmaydi, şuning uçun köprikdan ötişadi. Bizlar bilamiz. Navröz bayramidan oldin ham köprik oçiq edi. Töliq işlanmagan. Çala bölsa ham bizlarni köprikka çiqarib qöyişdi. Köprikning tepasi yopilişi kerak edi. Ana u joylari teşik bölib yotibdi, kördingizmi?» - deydi köprikdan ötib, maktabga qatnayotgan öquvçi qizlar.

Köpçilik köprikdan emas, temir yölning özidan kesib ötişmoqda. Ammo bunga belgilangan tartibda jarima bor. Köprikning qimirlaşidan qörqqan odamlar temir yölni jarima evaziga kesib ötişga ham tayyor.

Undan 22-, 27-, 34-, 41-maktab öquvçilari va 22-,23-kiçik tuman, «Qösköl-3» MFY ahli ötib qaytişadi. Köprikning asosiy qismlarida yoriqlar paydo bölgan. Elektr simlar töliq yopilmagan. Xavfsizlik talablari töliq ta'minlanmagan.
Oldinroq Nukus dehqon bozori qarşisidagi osma köprik 2-3 kun içida işga tuşişi haqida xabar bergan edik (https://t.me/kunuzqoraqalpogiston/3006). 28 martdan beri 10 kun ötdiki, köprik haliyam işga tuşmadi.







