AQŞning Mayami şahrida (Florida ştati) hali qurib bitirilmagan yölovçi köprigi qulab tuşdi. Ma'lum qilinişiça, halok bölganlar va köplab jarohatlanganlar bor. Bu haqda Miami Herald naşri xabar bermoqda.
Köprik şaharning janubidagi Xalqaro universitet kampusi yonida qurilayotgan bölgan. Yöl ustiga tuşgan köprik konstruksiyalari ostida bir neçta maşina qolib ketgan.
Voqea joyida qutqaruv işlari olib borilmoqda. Voqea sababi hozirça noma'lumligiça qolmoqda.
Ta'kidlanişiça, köprik 2019 yilda foydalanişga kiritilişi közda tutilgan. Köprik qurilişi innovatsion modul usulida olib borilayotgan bölgan. Köprikning navbatdagi 950 tonnalik seksiyasi ötgan şanba kuni örnatilgan bölgan.







