Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 mart kuni qator sohalarda amalga oşiriladigan loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmati xabarida aytilişiça, Özbekistonda YaIM hajmini 2 barobarga oşiriş maqsad qilingan. Bunga erişişda raqamli iqtisodiyot mexanizmlaridan keng foydalaniş muhim örin tutadi.
Dunyo yalpi mahsulotining 15,5 foizgaça uluşini raqamli iqtisodiyot taşkil etmoqda. Sönggi 15 yil içida raqamli iqtisodiyot global yalpi mahsulotga nisbatan 2,5 barobar tez oşgan.
«Keyingi yillarda dunyoda «raqamli şahar» konsepsiyasi ommalaşmoqda. Şu tajribadan kelib çiqib, «raqamli Toşkent» tizimini joriy etiş, uni 2 yil davomida sinovdan ötkazib, boşqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta'minotlarni yetkazib beriş rejalaştirilmoqda.
Bugungi taqdimotda raqamli texnologiyalarni joriy qiliş böyiça amalga oşirilayotgan işlar haqida ma'lumot berildi.
«Tibbiyot muassasalari pasporti», «UzTrans», turistlar hisobini yuritiş böyiça «Ye-Mehmon» va boşqa axborot tizimlari yurtimiz aholisi hamda mehmonlariga katta qulaylik yaratdi.

Prezidentimiz joriy yilda bolalar boğçasi, masofaviy ta'lim, şahar jamoat transportlari uçun yagona elektron çipta, qurilişni nazorat qiliş, elektron tibbiyot kartasi kabi yangi dasturiy ta'minotlar işlab çiqiş va tatbiq etiş böyiça topşiriqlar berdi.
Masalan, elektron tibbiyot kartasi joriy etilsa, şifokorlarning qoğoz töldirişga ketadigan vaqti ança qisqarib, aholi bilan işlaşi uçun köproq imkoniyat böladi.
Şu maqsadda Toşkent şahridagi 15ta ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, 11ta köp tarmoqli tibbiyot markazi hamda 62ta poliklinika «Yagona elektron tibbiy karta» va «Elektron poliklinika» axborot tizimiga ulanib, xususiy klinikalar bilan integratsiya qilinadi.
Bunday tizim boşqa soha va tarmoqlarda ham tatbiq etiladi.
Dasturiy mahsulotlar uzluksiz va samarali işlaşi uçun infratuzilma zarurligi qayd etilar ekan, barça davlat muassasalarini yuqori tezlikda ma'lumot uzatiş tarmoğiga ulaş, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlaş vazifasi qöyildi.









