Toshkentning eski shahar hududi tarixiy ko‘rinishdagi turistik savdo zonasiga aylantiriladi
Toshkentning eski shahar qismida tarixiy ko‘rinishga ega turistik savdo zonasi tashkil etiladi. Loyiha 10 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etildi.

Turistik savdo zonasiga oid tafsilotlar hozircha ma'lum emas.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, davlat rahbari poytaxtda quriladigan muhtasham kutubxona va Milliy arxiv binosi bilan ham tanishgan.
«Milliy arxiv fondi o‘zining ko‘lami, hajmi, noyobligi jihatidan mintaqamizda yetakchilardan. Hozir bu yerda 1 million 800 ming saqlov birligidan ortiq turli davrga oid hujjatlar saqlanadi.
Qurilishi ko‘zda tutilgan yangi arxiv binosi zamonaviy arxitektura yechimlari va talablarni to‘liq o‘zida mujassam qiladi. Inshoot 1-toifadagi alohida muhim obektlarning talab va mezonlari asosida barpo etiladi. Eng avvalo, arxiv saqlovxonalari sig‘imini 3 million hujjatga mos holda oshirish, repozitoriy uchun joy tashkil etish, o‘quv zalini kengaytirish, tadqiqotchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yuqori darajada ta'minlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanishga sharoitlar yaratiladi.
Qolaversa, ushbu loyihalarda turizmni rivojlantirish maqsadida xorijiy fuqarolarni jalb qilgan holda arxiv ko‘rgazmalarini tashkil etish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan.
Taqdim etilgan loyihada ulkan o‘quv zali majmuasi, anjumanlar va ko‘rgazmalar uchun zallar, ilmiy ma'lumotlar kutubxonasi hamda muzey, kinozal, bufet va muzokaralar uchun xonalar inobatga olingan.
Prezidentimiz mazkur loyihalarni yanada takomillashtirish, aholimiz uchun keng qulayliklar yaratish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi komplekslarining namunaviy loyihalari taqdimot qilindi.
Ma'lumki, davlatimiz rahbarining 2020 yil 18 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida Mahalla markazi majmualarini qurish ko‘rsatib o‘tilgan. Shundan kelib chiqib, loyihalarda innovatsion texnologiyalardan, arzon, energiya tejamkor materiallardan foydalanish nazarda tutilgan. Ularni davlat-xususiy sheriklikning shartlari asosida puxta, sifatli va namunaviy loyihalar asosida qurish belgilangan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev hududlarda barpo etiladigan ushbu komplekslarning namunaviy loyihalari bilan yaqindan tanishib o‘z ko‘rsatmalarini berdi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi
Iqtisodiyot | 18:46
-
Prezident xorazmlik fermerni faxriy unvon bilan taqdirladi
O‘zbekiston | 18:36
-
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi
Jahon | 18:34
-
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 18:28
Mavzuga oid

16:17
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi

10:24
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

07:59 / 30.04.2025