Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim imzoladi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari ikki davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Andijon (Kampirobod) suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
Bugun, 3 noyabr kuni Bishkekda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jyeyenbek Kulubayev bir nechta xalqaro kelishuvlarni imzoladi.
O‘zbekiston TIV axborotiga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma va Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risida bitim tuzgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv resurslari xizmati o‘rtasida suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va boshqalar ham imzolangan.
Uchrashuv chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘ladigan davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ham muhokama qilingan.
Suv omboridan foydalanish haqidagi munozaralar 1983 yilda, u qurilganidan beri davom etayotgandi – o‘sha paytda u Kampir-Rovot deb nomlangan.
Mavzuga oid
17:45
Qirg‘iziston MXDQ sobiq rahbari Tashiyevning ishi maxfiylashtirilib, sudga yuborildi
17:39 / 12.05.2026
Markaziy Osiyo harbiylari AQSh Qurolli Kuchlari o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etadi
08:28 / 12.05.2026
Chegara orqali narkotik tashish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi
18:42 / 08.05.2026