Kutilmaganda Farğona şahridagi mahallani piyoda kezgan prezident yöllardagi nosozliklar sabab Avtoyöllar qömitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyevni koyidi. Şu örinda savol tuğiladi: hududlardagi ayançli yöllar qaçon önglanadi? Yölsozlikdagi muammolar kötarilişi uçun biror hududga prezident borişi şartmi?
«Yangiariqdan keldim, u yöl yöl emas», degandi davlat rahbari dekabr oyida Xorazmga taşrifi çoğida.
Darhaqiqat, yuzlab YTHlar aynan yöllarning nosozligi oqibatida röy beryapti.
Ma'lumotlarga köra, bugungi kunda Özbekistonda jami 184 174 km avtomobil yöllari bor. Şundan 42,8 ming kilometri umumiy foydalanişdagi, 116,5 ming kilometri içki xöjalik yöllari va 24,7 ming kilometri idoraviy yöllarni taşkil etadi.
Keyingi yillarda Özbekistonda ğalati paradoks şakllandi. Avtomobil yöllari va içki yöllar yozmi-qişmi, yomğirmi-qormi farqi yöq – davlat rahbarining taşrifi arafasida ta'mirlanmoqda. Buni jamoatçilik körib-bilib turibdi. Faqatgina kortej ötadigan yöllar, martabali mehmon boradigan mahallalar, içki köçalarda yap-yangi asfaltlarni körasiz (ularning aksariyati köp ötmay buzilib, öydim-çuqur bölib ketişi ham sir emas), qolgan joylar eski hammom, eski tos.
Prezidentning özi ham bunday közböyamaçilikdan xabardor ekanini yaşirmadi va Farğonaga taşrifi çoğida dasturga kiritilmagan mahallaga borişni ixtiyor etdi
Yöllarni ta'mirlaş va qayta quriş uçun ajratilayotgan mablağlarni eşitib, prezident qömita raisiga soha uçun ajratilgan pullarni bekorga eslatmaganiga amin böliş mumkin.
«Mana şu yöllarga kim javob berişi kerak? Sen şunça yonimda yurgan odamsan, nega şuni aytmaysan? Bu yöllar sifati şarmandalik emasmi? Mayli, tumanlarda heç balo qilmabsan, şaharda-çi? Nega men aytmasam qilmaysan şuni, tört yildan beri yonimda yuribsan-ku? Şunça pul beryapman, nega özingni qiynamaysan? Nega taklif bermaysan, nega hammang befarqsan? Hozir yana ketasizlar, yana eski hammom, eski tos böladi», – dedi Mirziyoyev.
Masalan, 2020 yilda yöllarni ta'mirlaş va quriş uçun 5,1 trillion sömdan ziyodroq (492 million dollar atrofida) pul ajratilgan. Bu mablağ evaziga ötgan yili 6,4 ming km avtomobil yöllari qayta qurilgan yoki ta'mirlangan.
6 ming kilometr yöl va 5,1 trillion söm. Bular – kiçkina raqamlar emas! Lekin natija nima böldi? Şunça mablağ evaziga ta'mirlangan yöllarda bir yomğirli mavsumdan keyin yana öydim-çuqurlar paydo bölişi yöllar sifatsiz qurilganidanmi yoki ajratilgan pullarning hammasi ham yölga «yotqizilmagani»ni anglatadimi?
Axir ta'mirlangan yöllar standartlarga javob berişi va öz muddati davomida xalqqa xizmat qilişi kerak emasmi?
Uzoqqa bormasdan, qaysidir ma'noda mintaqadagi iqtisodiy raqobatçimiz deya qaraladigan Qozoğiston yöllari ham Özbekistondagidan köra ança sifatli ekanini körişimiz mumkin. Hattoki, qöşnilarimizning rivojlanmagan janubiy tumanlaridagi yöllari ham bizning poytaxt Toşkentdagi ayrim köçalardan köra sifatliroq.
Yöl ta'miri uçun sarflanadigan mablağlarga kelsak, bu borada ham yon qöşnimiz bizdan ilgarilab ketganini köriş mumkin. Oçiq ma'lumotlarga köra, Qozoğiston 2020 yilda 9,5 ming kilometr respublika va mahalliy ahamiyatga ega yöllarni ta'mirlaş uçun 1,6 milliard dollar sarf qilgan.
Avtomobil yöllari qömitasining Kun.uz'ga taqdim etgan ma'lumotida,2021 yilda 4,5 trln söm mablağ evaziga 3,9 ming km avtomobil yöllarini qayta quriş va ta'mirlaş közda tutilgani aytiladi. Ta'mirlanadigan 3935 km avtomobil yöllari uçun mablağlar quyidagiça taqsimlangan:
investitsiya dasturi doirasida 2 trln 165 mlrd söm özlaştirilib, 95,8 kmavtomobil yöllari qayta quriladi;
kapital ta'mirlaş dasturi doirasida 355 mlrd söm özlaştirilib, 100 kmavtomobil yöli kapital ta'mirlanadi;
umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllarini joriy ta'mirlaş va saqlaş böyiça 1 trln 801 mlrd söm miqdorida işlar bajarilib, 2540 kmavtomobil yöllari ta'mirlanadi;
255,6 mlrd söm miqdorida işlar bajarilib, 1200 km içki yöllar ta'mirlanadi.
2021 yilda ta'mirlanadigan yöllar uçun sarflanadigan mablağlarning taqsimlanişida qiziq bir jihat e'tiborimizni tortdi: «2,1 trillion söm (206 mln dollar) evaziga 95,8 km avtomobil yölini qayta quriş közda tutilmoqda». Bu degani uşbu avtomobil yölining har bir kilometri uçun qariyb 2,2 mln dollar ajratiladi! Bunday jahon standartlari darajasidagi qimmatbaho yöl qayerda qurilişi va uning sifatiga neça yil davomida kafolat berilişi borasida ma'lumotlar berilmagan.
Yöl qurilişi sohasida şaffoflik yöq
Özbekistonda yöl qurilişiga mas'ul mutaxassislar boşqa sohalarda bölgani kabi ajratilgan pullar va bajariladigan işlarni umumiy raqamlarda aytiş bilan çeklanib qolyapti. Aslida har bir kilometr uçun qança mablağ ajratilişi, bu pullar evaziga faqat yölning qatnov qismi ta'mirlanadimi yoki yölning atroflari ham obodonlaştiriladimi, yöllarni quriş qaysi standart talablariga javob beradi, bu standartlar Özbekistonda bormi – bularning hammasidan soliq tölovçilar, ya'ni xalq xabardor bölişi kerak.
Agar rostdan ham yöl ta'miri uçun ajratilgan har bir söm töğri sarflanayotgan bölsa, mas'ullar buni körsatib bersin
Özbekiston transport prokuraturasi ma'lumotlariga köra, 2020 yilda yöl va köprik quriliş sohasida budjetdan ajratilgan pullarni özlaştiriş holati böyiça 40ga yaqin jinoyat işi oçilgan va korrupsion holatlar böyiça 11,5 mlrd sömlik davlat mulki talon-toroji foş etilgan.
Yana bir masala – yöl ta'miri uçun ajratilayotgan mablağlar. Yaxşi va sifatli yöllarni quriş uçun yaxşigina mablağ kerak. Bunga qöşimça mablağlarni yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan «otning kallasidek» katta jarimalardan tuşayotgan pullardan ajratilsa maqsadga muvofiq bölardi.
Yöl harakati qoidalari buzilgani uçun jarimalar summasi ham, avtomobil oynalarini qoraytirganlik uçun tölanayotgan milliardlar ham IIV xodimlarini rağbatlantiriş uçun emas, balki sifatsiz va ta'mirtalab yöllarni töğrilaşga sarflaş masalasini ham öylab köriş lozim.
Bundan taşqari, hududidagi öydim-çuqur yöllar muammosini budjetning puliga qimmatbaho yöltanlamas maşinalar sotib oliş bilan «hal qilayotgan» yoki körib körmaganga olayotgan hokimlarimiz ham mahalliy yöllarni sifati haqida qayğurişi kerak.
Yöl qurilişida pudratçilarni tanlab oliş uçun ötkaziladigan tenderlar masalasining özi alohida mavzu...
Xalqaro reytinglarda Özbekiston... yöq!
Jahon iqtisodiy forumi har yili dunyodagi eng yomon va yaxşi yöllarga ega davlatlar reytingini tuzib keladi. Yöllar birdan yettigaça bölgan şkalada baholagan bölib, qaysi mamlakat yuqori ball töplagan bölsa, yöllarining sifati yuqori ekanini anglatadi. Jami töplagan balli past bölgan mamlakatning yöllari sifatsiz degan xulosani beradi.
E'tiborlisi, hozirgaça qadar Özbekiston bu reytingdan umuman joy olmagan. 2019 yilgi reytingdan 137 mamlakat örin olgan bölib, xususan, Tojikiston (51-örin), Qozoğiston (93-örin) va Qirğiziston (112-örin) kabi qöşni davlatlarning yöllari baholangan.
Kuzatuvçilar fikriça, Tojikistonda yöllar xususiylaştirilgani magistral yöllar sifati yaxşilanişiga olib kelgan. Tojikistonning yöllari Özbekistonnikiga nisbatan tekis ekanini yaqinda çegaralar oçilib, Tojikistonda mehmonda bölib qaytgan özbekistonlik jurnalistlar ham e'tirof etişgan.
Özbekistonda qurilayotgan yöllarning sifati xalqaro standartlarga töğri kelmaydi va uzoq vaqtga çidamaydi? Turgan gapki, buning asosiy sababi korrupsiyaga borib taqaladi.
2020 yilda Özbekistonda yöllar qurilişidagi korrupsion holatlar böyiça 11,5 mlrd sömlik davlat mulki talon-toroji foş etilgan. Sobiq ittifoq davridayoq «20 santimetrli asfalt qatlami yotqiziş kerak bölgan joyda atigi bir santimetr asfaltni urib qoliş» bilan neça-neça tonna bitum, şağal tejab qolinişi va ularning sotuvidan keladigan millionlarni «çöntakka uriş mumkin»ligi haqida kalkulyatsiya yurardi.
Ekspertlarning aytişiça, Özbekistonda yoz va qiş mavsumiga mos standart böyiça asfalt yotqizilmasligi yöllarning tez öydim-çuqur bölib qolişiga olib keladi.
Kanadada yaşovçi özbek injyeneri Şarofiddin Qaraboyev Kun.uz'ga bergan intervyusida quriliş obektlarini bayramlarga topşiriş an'anasi va SSSRdan qolgan quriliş standartlaridan voz keçiş kerakligini ta'kidlagandi. Uning bu sözlari yölsozlikdagi muammolarga ham xos.
Özbekistonda ham yöllarni xususiylaştiriş orqali muammoga yeçim topiş mumkinmi?
Özbekistonda pulli yöllar quriş böyiça rejalar ilk marta 2018 yilda ma'lum qilingan, şundan söng harakatlaniş pulli bölgan ikkita tunnel va uçta avtoyöl qurilişi haqida xabarlar tarqalgandi. Oxirgi ma'lumotlarga köra, mamlakatdagi dastlabki pullik yöllar 2023 yildan keyin qurilişi kutilmoqda.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil 10 fevralidagi selektorda ham yöllarning ahvolidan aholi norozi ekanini eslatdi. Şuningdek, boş vazir 1-örinbosari Oçilboy Ramatov rahbarligidagi kompleksga – yil yakuniga qadar 10 ming kilometrdan ortiq içki va qişloq (mahalla) yöllarini ta'mirlaş vazifasini qöydi.
Selektorda yöllarni ta'mirlaşda davlat-xususiy şerikçilik tizimini joriy qiliş kerakligi ham aytildi. Kim bilsin, sohaga xususiy sektorning jalb etilişi 30 yildan beri bitmayotgan yaraga malham bölar?!
Muammolarni sanab, çapak çalib ötiravermaylik!
Ötgan yili avtomobil yöllarini quriş va ta'mirlaşga doir hukumat qarori loyihasi, «2020–2030 yillarda Özbekiston Respublikasining avtomobil yöllarini rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi prezident qarori loyihasi e'lon qilingan edi. Biroq oçiq ma'lumotlarda uşbu qarorlar qabul qilingan yoki qilinmagani haqida ma'lumotlar uçramadi.
Jumladan, 2030 yilgaça möljallangan strategiyada yöl qurilişini rivojlantiriş va takomillaştiriş sohasida yagona davlat siyosati asoslarini işlab çiqiş; yöl xöjaligida mablağlarni boşqariş, moliyalaştiriş va sarflaşning samarali tizimini amalga oşiriş; yöl-quriliş sanoatining moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalaş; xorijiy kompaniyalar bilan quriliş materiallar işlab çiqariş, xomaşyo resurslarini qayta işlaş va pudrat kompaniyalari qurilişini taşkil etiş böyiça qöşma korxonalar taşkil etiş kabilar közda tutilgandi.
Bundan taşqari, ötgan yili yöl qurilişi sohasidagi eng ustuvor loyihalarni tanlab oliş mezonlari özgarişi, yöl qurilişi sohasida «Maxsus yöl diagnostika markazi» tuzilişi, bu orqali Transport vazirligi huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi faoliyati samaradorligi oşirilişi, Germaniyaning Roland Berger kompaniyasi Özbekistonda yöllar quriş strategiyasini işlab çiqişi rejalaştirilayotgani, Raqobatbardoş yöl tarmoğini rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqilayotgani, Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaştiriş, quriş va foydalaniş institutida Germaniyaning öqitiş tizimini joriy qilinişi haqida xabarlar berilgandi.
Biroq buning hayotimizga ta'siri sezilmayapti, yöllarning sifati yaxşilanib qolmayapti. Demak, tizimda inqilobiy özgarişlar qiliş fursati yetgan.
2019 yilda Özbekistonda 70 ming kilometr uzunlikdagi avtomobil yöllari katta ta'mirga muhtojligi ma'lum qilingan bölsa, ötgan ikki yil içida bu masofa atigi 10 ming kilometrga qisqargan.
Xitoyda Mao Tszedun vafotidan keyin hokimiyatga kelgan yangi rahbarlar ham sifatli yöllar qurmasdan mamlakatni rivojlantirib bölmasligini anglab yetişgan va «Rivojlanişni xohlasak, avvalo sifatli yöllar qurişimiz kerak», degan şior ostida yöl quriş standarti işlab çiqilgan edi. Köryapmizki, bugun Xitoy nafaqat avtomobil yöllari uzunligi, balki ularning sifati böyiça ham yetakçi davlatlardan biriga aylangan.
Bizningça ham Amerikani qayta kaşf etiş şart emas. Yölsozlik borasida muvaffaqiyatga erişgan davlatlar tajribasini Özbekistonda ham joriy etiş, işonçni oqlamayotgan mahalliy mutaxassislardan voz keçib, soha böyiça köp yillik malaka va ijobiy imijga ega xorijlik hamkorlar bilan hamkorlikni zudtar kengaytiriş maqsadga muvofiq.
Yöllarni xususiylaştiriş ham tizimli muammolarning yeçimi bölişi mumkin. Har holda budjetdan ajratilayotgan hamda xalqaro donorlardan olinayotgan pullar öz manziliga yetib bormayotgan yoki qilingan xarajatga yaraşa natija bermayotgan bir paytda eng maqbul çora şu bölib körinmoqda.
Aks holda, yana ön yildan keyin ham muammolarimizni sanab çapak çalib ötiraveramiz.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi