
Miya – organizmdagi eng jumboqli organ bölsa kerak. Olimlar doimiy ravişda uning faoliyati töğrisida yangi ma'lumotlarga ega bölişlariga qaramay, sirli jihatlar hali ham köp.
Miyani tadqiq qiliş sohasida sönggi yillarda qilingan kaşfiyotlar bilan sizlarni taniştiramiz.

9. Surunkali töyib uxlamaslik xotirani yomonlaştiradi
Berklidagi Kaliforniya universiteti olimlari uyquning yetişmasligi xotirani kuçsizlantirib, Altsgeymer kasalligini çaqirişini aniqlaşgan. Gap şundaki, töliq uyqu vaqtida miya hujayralari bu organga salbiy ta'sir qiladigan toksik birlaşmalarni öçirib taşlaydi. Agar kişi surunkali ravişda töyib uxlamasa, bu birlaşmalar miya hujayralariga salbiy ta'sir körsatadi.
8. Uzoq çözilgan zöriqiş miyani işdan çiqaradi
Xotira, öqiş va öz-özini nazorat qiliş qobiliyatining pasayişi – organizmning doimiy zöriqişi aynan şu oqibatlarga olib keladi. Bundan taşqari, u kişida asabiylik, xavotir, tez-tez çalğişga sabab böladi.
7. Seviş va yoqtirmaslikning umumiy jihatlari köp
Britaniyalik olimlar muhabbat va yomon köriş miyaning bir-biriga öxşaş qismida paydo bölişini aniqlaşgan. Biroq yoqtirmaslikdan farqli ravişda muhabbat miyaning fikr yuritiş va mantiq uçun javob beradigan qismlari faoliyatini ança pasaytiradi.

6. Miya suvsizlikka juda ta'sirçan
Miyamizning 80 foizi suvdan iborat. Şuning uçun hatto suyuqlikning mö'tadil yöqotilişi (2 foizga yaqin) e'tiborni jamlaş, sergaklikni pasaytirib, qisqa muddatli xotiraning pasayişi va boşqa biliş qobiliyatlari yomonlaşuviga olib keladi.








