«Maktablarda öqituvçi va öquvçilar orasida koronavirus infeksiyasini yuqtiriş holatlari aniqlangan taqdirda, Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlari tuman (şahar) xalq ta'limi bölimi va tuman (şahar) hokimligiga taklif kiritib, Xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari yoki hududiy komissiya qarorlari bilan ayrim maktablarning faoliyati vaqtinça töxtatilib, 2 haftaga karantinga olinmoqda. Bu vaqt mobaynida mazkur maktablar onlayn tartibda faoliyat yuritadi. Samarqand şahridagi maktablarning yopilişiga ham mana şu tartib asos böldi», dedi Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamova.
Uning qöşimça qilişiça, 22 aprel holatiga köra, respublika böyiça jami 10008ta maktabdan 163tasi, ya'ni 1,6 foiz maktab masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgan, ya'ni karantinga olingan.
Bu raqamlar esa Sanitariya-epidemiologik xizmat markazlarining talabnomalaridan kelib çiqib, özgarib boradi.
Maktabgaça ta'lim vazirligi matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxöjayevaga köra, Samarqand viloyatining markaziy şahridagi 1-, 2-, 31- va 80-sonli maktabgaça ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarda koronavirus infeksiyasini yuqtiriş holatlari aniqlangan.
«Şundan kelib çiqqan holda, Samarqand şahridagi MTMlar karantinga yopilmoqda. Vaziyat ayrim keskin çoralar körişni talab qilmoqda», – dedi Asqarxöjayeva.
Ma'lumot uçun, 20 aprel kuni Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan Camarqand viloyatidagi boğçalar faoliyatini örganiş natijalari e'lon qilingandi.












