Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylarga umumiy örta ta'lim öquvçilarini tanlab oliş, öqişga qabul qiliş, ularning öqişini köçiriş va öqişdan çetlatiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 2018 yil 23 martdagi 212-sonli qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan tasdiqlanayotgan Nizomga köra, akademik litseylar faoliyatiga oid bir qator yangiliklar joriy etilmoqda.
Akademik litsey bitiruvçilarining oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş darajasi 80 foizdan ortiq bölganida tegişli oliy ta'lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan işlaş böyiça tegişli prorektorlar, akademik litseylar direktorlari, öquvçilari yuqori natija körsatgan yönalişda dars maşğulotlarini taşkil etgan barça professor-öqituvçilarga keyingi öquv yilining 1 yanvaridan boşlab öquv yili yakuniga qadar ularning iş haqiga nisbatan 50 foiz miqdorda ustama haq oliy ta'lim muassasalarining oşirilgan tölov-kontrakt tuşumlari hisobiga amalga oşiriladi.
Akademik litsey bitiruvçilarining oliy ta'lim muassalariga öqişga kiriş darajasi:
- 70 foizdan 80 foizgaça bölganda bir oylik lavozim maoşining 15 foizi miqdorida;
- 60 foizdan 70 foizgaça bölganda bir oylik lavozim maoşining 20 foizi miqdorida;
- 50 foizdan 60 foizgaça bölganda bir oylik lavozim maoşining 25 foizi miqdorida;
- 50 foizgaça bölganda bir oylik lavozim maoşining 30 foizi miqdorida bir martalik jarima qöllaniladi.
Intizomiy jarimalar 2018/19 öquv yili yakunidan boşlab akademik litsey bitiruvçilarining oliy ta'lim muassalariga öqişga kiriş darajasiga muvofiq tegişli oliy ta'lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan işlaş böyiça tegişli prorektorlar hamda akademik litseylar direktorlari, öquvçilari öqişga kirmagan yönalişda dars maşğulotlarini taşkil etgan barça professor-öqituvçilarga (xizmat körsatuvçi va texnik xodimlar bundan mustasno) nisbatan qöllaniladi.
2017/18 öquv yili yakunida akademik litsey bitiruvçilarining oliy ta'lim muassalariga öqişga kiriş darajasi 50 foizdan past bölganda tegişli oliy ta'lim muassasalari rektorlari, akademik litseylar bilan işlaş böyiça tegişli prorektorlar hamda akademik litseylar direktorlari, öquvçilari öqişga kirmagan yönalişda dars maşğulotlarini taşkil etgan barça professor-öqituvçilarga (xizmat körsatuvçi va texnik xodimlar bundan mustasno) nisbatan bir oylik lavozim maoşining 15 foizi miqdorida bir martalik jarima qöllaniladi.











