Prezident Şavkat Mirziyoyev kambağal va işsiz fuqarolarni kasbga örgatişga oid qaror imzoladi.

Qarorga asosan:

  • uç oy muddatda Özbekiston fuqarolari köpçilikni taşkil etuvçi Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Yekaterinburg, Novosibirsk şaharlarida va boşqa hududlarida davlat va nodavlat ta'lim muassasalari bilan muzokara olib borib, mazkur hududlarda işlayotgan Özbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va rus tiliga ayniqsa keçki payt (iş vaqtidan keyin) öqitişni taşkil etiş; öqitiş uçun joy, öquv qöllanmasi va öquv qurollari bilan ta'minlaş böyiça kelişuvlarga erişiş çoralari köriladi;
  • ikki oy muddatda Rossiya xalqlar döstligi universiteti (RUDN), «Molodyye professionaly (WorldSkills Russia)» ittifoqi hamda boşqa ta'lim va kasbiy malakani baholaş muassasalari bilan Özbekiston fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida kasb-hunarga va rus tiliga öqitilişini taşkil etişda hamkorlik örnatiş çoralari köriladi;
  • bir oy muddatda xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan Özbekiston fuqarolarini huquqiy, ijtimoiy va madaniy-gumanitar qöllab-quvvatlaş, ularning mehnat faoliyati uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş böyiça takliflar işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Şuningdek, uyuşgan mehnat migratsiyasi yöli böyiça xorijga işlaş uçun ketayotgan va «labor-migration» dasturiy majmuasida röyxatga olingan fuqarolarni ketişidan oldin tadbirkorlik könikmalari, xorijiy tillar va kasb-hunarga tayyorlaş çoralari köriladi.

Bunda, davlat yoki nodavlat kasb-hunarga öqitiş muassasalarida, işlab çiqarişning özida öqitiş uçun taşkilot va «usta-şogird» maktablariga har bir ta'lim oluvçi uçun bir oyda BHMning 4 baravaridan ortiq bölmagan miqdorda grantlar ajratiladi.