Sönggi yillarda Samarqand şahrida maşina boşqariş qiyin va xavfli bölib qoldi. Köçalardagi çorrahalarda örnatilgan kameralar qoidabuzarliklarni qayd etmasligi tufayli aksariyat haydovçilar maşinalarni özlari istagandek, boşqalarga xalaqit bergan holda boşqarişmoqda.

Qolaversa, Samarqandda ham maşinalar oqimi juda ziçligi sababli tartibli haydovçilar qoidabuzarlarning kutilmaganda töqnaşuv sodir etişidan çöçib rulga ötirişadi.

Qoidabuzarligi uçun jazolanmasligini biladigan haydovçilar qizil çiroqda maşinalar töxtaş çiziğini bosib töxtaydi. Ayrimlari hatto boşqalarga xalaqit bergan holda çorrahaning örtasigaça çiqib boradi.

Bundan taşqari, boşqalarning hayotiga xavf tuğdirgan holda svetoforning qizil çiroğidan oşkora ötib ketayotgan haydovçilar soni ham köp. Buni ijtimoiy tarmoqlarga yuklanayotgan ayrim videolardan ham bilsa böladi.

1-misol. 2021 yil yanvar oyida Samarqand şahridagi Mirzo Uluğbek va Gagarin köçalari çorrahasida Lacetti maşinasi boşqa transport vositalarining harakatiga xalaqit bergan holda qizil çiroqdan ötadi. Oqibatda, yaşil çiroqda çorrahaga çiqqan, oraliq masofasi yaqin bölgan avtobus va Matiz maşinalari keskin tormoz bosilişi natijasida özaro töqnaşadi.

Qiziği, ana şu hodisa ortidan Samarqand viloyat IIB situatsion markazidagi kuzatuv kameralarining arxiv fondi közdan keçirilib, aybdor topiladi.

Ya’ni çorrahalarda kuzatuv kameralari bor. Situatsion markaz taşkil qilingan va u yerda çorrahalardagi transport vositalari oqimi kuzatiladi va videotasvir yozib olinadi. Ammo qoidabuzarlik qayd etilmaydi.

2-hodisa. 2021 yil yoz oylaridan birida Mirzo Uluğbek köçasi böylab tez harakatlanib kelgan Spark boşqaruvni yöqotib, yöldan çiqib ketdi. Oqibatda Mirzo Uluğbek va Mir Said Baraka köçalari kesişgan çorrahaga örnatilgan svetoforning ustunini ağdarib yubordi.

3-hodisa. 2021 yil yoz oylarida avvalroq Spark svetofor ustunini ağdarib yuborgan joyda boşqa bir Spark tez harakatlanib kelib, boşqaruvni yöqotdi va ösib turgan daraxt bilan töqnaşdi. Oqibatda daraxt sindi. Maşina esa paçoq böldi.