Vazirlar Mahkamasi 29-oktabrda yöl harakati qoidabuzarliklarini qayd etiş tizimini takomillaştirişga oid 596-son qarorni qabul qildi.
Qarorga köra, 1-noyabrdan çorrahagaça 50 metr, qayrilib oliş joyigaça esa 20 metr masofada 1.1 va 1.3 yöl yotiq çiziqlarini bosib harakatlanganlik uçun YPX inspektorlari tomonidan maʼmuriy bayonnoma tuzilmaydi.
Bundan taşqari, transport vositasini boşqariş va yölovçi taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik holatlarini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş vositalari orqali aniqlaşga ruxsat beriladi.
Bunday qurilmalar texnik talablarga javob berişi hamda qayd etilgan maʼlumotlarni «Maʼmuriy amaliyot» moduliga avtomatik ravişda uzatiş imkoniyatiga ega bölişi kerak.












