Toşkent viloyatining Piskent tumani prokurori yordamçisi 1500 dollar olayotgan vaqtida uşlandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, prokuror yordamçisi sudda körilayotgan jinoyat işi böyiça sudya orqali sudlanuvçiga yengil jazo tayinlanişini va’da qilib, evaziga firibgarlik yöli 1500 dollar olgan vaqtida uşlangan.

Tezkor tadbir 1 noyabr kuni prokuratura va DXX hamkorligida ötkazilgan. Ertasiga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 28, 211- (pora beriş) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Keça, 2 noyabr kuni Kun.uz manbasi Piskent prokurorining yordamçisi pora bilan uşlangani, uning ustidan JKning 210-moddasi (pora oliş) bilan iş oçilişi kutilayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib ötamiz, 31 sentabr kuni Toşkent viloyatiga yangi prokuror tayinlangan edi. Özbekiston boş prokurori örinbosari lavozimida işlab kelgan Şavkatjon Rahimov viloyat prokurori sifatida iş boşladi. Toşkent viloyati prokuraturasini 3 yil boşqargan Salom Samadov avgust oyida Qaşqadaryo viloyat prokurori lavozimiga ötkazilgandi.