Taniqli davlat va jamoat arbobi Nazir Rajabov 84 yoşida olamdan ötdi. Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati uşbu munosabat bilan ta’ziyanoma e’lon qildi.

Nazir Rajabov 1939 yilda Buxoro viloyatida tuğilgan. Örta Osiyo politexnika institutini muhandis-mexanik mutaxassisligi böyiça tamomlagan. Söng turli yillarda turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida işlagan, 1975–1977 yillarda Özbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qömitasi – viloyat qömitasi kotibi bölgan, 1978–1984 yilldarda quriliş vazirligini boşqargan.

1984–1987 yillarda Namangan viloyatini, 1987–1988 yillarda esa Samarqand viloyatiga rahbarlik qilgan.

1988 yil oktyabrida, «paxta işi» avj olgan davrda lavozimidan ozod etilib, hibsga olingan va 9 oyni qamoqda ötkazgan. Tergov jarayonida unga qöyilgan ayblovlar tasdiqlanmagan va jinoyat işi tugatilgan.

«Şu davrlarda har ikki viloyatda ham keng kölamli quriliş va bunyodkorlik işlari amalga oşirildi, ijtimoiy-iqtisodiy yönalişlarda katta yutuqlarga erişildi.

Xalqimizda dunyo yaxşi insonlarga suyanadi, degan gap bor. Ammo bu yaxşilar orasida ham Xudo nazar qilganlari, iqtidorli va noyob zakovat egalari mavjud. Qirq beş yoşidayoq viloyatning birinçi rahbari, mamlakat va respublika davlat mukofoti sohibi bölgan Nazir Rajabov ana şunday möjizaviy xislatli insonlardan biri edi.

Namanganliklar qalbida Nazir Rajabovning yorqin xotirasi abadiy saqlanadi», deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

  • Joriy yil oktyabr oyi boşida ham Namangan viloyatini 1996–2004 yillarda boşqargan Tölqin Jabborov 73 yoşida vafot etgani xabar qilingandi.