Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi Tölqin Jabborov oğir xastalikdan söng 73 yoşida vafot etdi.
Tölqin Jabborov 1950 yilda Uçqörğon tumanida tuğilgan. 1996–2004 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida işlagan. 2000–2005 yillarda Oliy Majlis deputati etib saylangan. 2001 yildan Özbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi raisi bölgan.
«U rahbarlik qilgan yillarda asosiy e’tibor qişloq xöjaligiga qaratilgan bölişiga qaramay, barça sohalarda viloyat uçun samarali natijalarga erişilgan.
Tölqin Jabborov rahbarligida quriliş sohasida ham salmoqli işlar qilingan. Namangan şahriga körk berib turgan «Pahlavon» sport majmuasi bunyodkorlik salohiyati amaldagi ifodasi sifatida viloyat sportining «taşrif qoğoz»laridan biriga aylangan.
«Navbahor» futbol jamoasi öz tarixida yagona bölib turgan Özbekiston çempionligini qölga kiritgan», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.












