Jamiyat | 16:27 / 07.06.2015
19181
1 daqiqa o‘qiladi

Qilichbek Madaliyev ortiqcha shov-shuvlarsiz uylangani xabar qilindi

24 may kuni marhum qo‘shiqchi Oxunjon Madaliyevning o‘g‘li Qilichbek Madaliyev uylangani xabar qilindi.

Darakchi nashrida yozilishicha, Qilichbek Madaliyev aksar san'atkorlar kabi o‘z to‘yining ovoza bo‘lishini istamagan va bu haqda gazetada yozmasliklarini ham so‘ragan.

To‘y marosimi Farg‘ona shahridagi to‘yxonalardan birida o‘tkazilgan.

Xabarda aytilishicha, qo‘shiqchi o‘zining bolalikdagi tanishi, Mohira ismli qizga uylangan. Nikoh marosimida yana bir san'atkor Bahrom Nazarov kuyovjo‘ralik qilgani, Otabek Muhammad Zohid esa visol oqshomida navbatchi san'atkor sifatida xizmatda bo‘lgani aytilmoqda.

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin