The Mirror naşri ma'lumotiga köra, Kobuldan Hirotga parvoz qilayotgan samolyot bortida jami 83 kişi bölgan.

Tolo News naşri samolyot «Tolibon» harakati nazorat qiladigan hududda qulab tuşganini ma'lum qilgan.

Ariana News naşri manbalariga köra esa, samolyotdagi yölovçilar soni köproq bölgan - 110 kişi.

Dastlabki xabarlarda samolyot Afğonistonning Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasiga tegişli bölgani aytildi. Ammo keyinroq aviakompaniya direktori bu xabarlarni inkor etgan.

Keyinroq manbalar samolyot xorijiy kompaniyaga tegişli bölişi mumkinligi haqida ma'lum qilişdi, voqea joyida topilgan uçuvçi tanasi qoldiqlariga köra, u xorijlik bölgan. Şuningdek, samolyot töliq yonib ketgani aytilmoqda.

RIA Novosti agentligi öz manbasiga asoslangan holda samolyot harbiylarniki bölgan bölişi mumkinligi haqida xabar tarqatgan. Hozirça bu ma'lumot tasdiqlanmagan.

Ğazni gubernatorligi rasmiysi Orif Nuriyning aniqlik kiritişiça, hodisa Dehyak tumani hududida röy bergan. Hukumat tomonidan yöllangan qutqaruvçilar hozirça aholi turar joylaridan uzoqda joylaşgan bu hududga yetib bora olişmagan.

Voqea joyiga afğon harbiylari yöl olgan / Reuters

Xabarlarga köra, samolyot qulagan hududga birinçi bölib «Tolibon» harakati vakillari yetib kelişgan va olovni öçirişga harakat qilişgan.

Ijtimoiy tarmoqda hodisa joyida olingan video paydo böldi.

  • Ariana Afghan Airlines aviakompaniyasi parkida Airbus A310-304 va Boeing 737-400 samolyotlari bor. Ğaznida halokatga uçragan samolyot qaysi rusumda bölgani hozirça ma'lum emas.