AKT vaziri Şuhrat Sodiqovning ma'lum qilişiça, bugungi kunda umumiy qiymati 12 mln dollariga teng şartnoma imzolangan. Şu paytgaça 9ta zamonaviy tez tibbiy yordam avtomaşinalari olib kelingan bölib, yil oxiriga qadar jami 150ta ana şunday avtomaşina yetkazib beriladi.

Şuhrat Sodiqov / AKT vazirligi axborot xizmati

«Toşkent şahrida hozirgi «Damas»lar örniga zamonaviy «Ford» maşinalari xizmat körsatadi. Toşkentdagi tez tibbiy yordam tizimidan «Damas»lar çiqarib taşlanadi. Keyingi bosqiçda vazirligimiz tomonidan butun respublika böyiça tez tibbiy yordam texnik uskunalarini qayta modernizatsiya qiliş işlari amalga oşiriladi», deya vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.