Özbekiston iqtisodiyoti yildan yilga kattalaşib boryapti. Buni statistik raqamlar ham körsatib turibdi. Masalan, 2026-yilning uçinçi çoragi yakunlariga köra, mamlakatda örtaça oylik iş haqi 7 mln 274 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga oşdi. Bunda daromadlar soliqlar çegirilmagan holda hisoblangan bölib, xodimning qöliga tegadigan sof maoşni anglatmaydi.

Manba: Milliy statistika qömitasi
Oxirgi 4 yillik davrni oladigan bölsak, Özbekistondagi örtaça oyliklar 94 foizdan köproqqa ösib, 3 mln 734 ming sömdan 7 mln 274 ming sömga yetdi. Ammo bu yerdagi raqamlar mehnat bozoridagi reallikni aniq va töliq aks ettirmasligi mumkin. Çunki 7,3 mlnlik örtaça raqamga kiçik firmalar va qişloq xöjaligi korxonalaridagi maoşlar qöşilmaydi. Oxirgi maʼlumotlarga köra, umumiy Özbekistondagi band aholi – 14 mln 934 ming kişi. Şundan 21 foizi yoki 3 mln 132 ming kişi qişloq xöjaligi sektorida işlaydi. Uşbu tarmoqda örtaça oyliklar esa ança kam – 3 mln 671 ming söm. Agar barça band aholi daromadlari hisobga olinsa, mamlakatdagi örtaça maoşlar sezilarli darajada kamroq böladi.
Oyliklarning median miqdori
Özbekistonda ilk marta oyliklarning median miqdori eʼlon qilindi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotiga köra, 2026-yilning yanvar–avgust oylari uçun eksperimental hisoblangan mediana iş haqi 4 mln 166 ming söm bölgan. Bu – oylik oladigan özbekistonliklarning yarmi şu miqdordan kam, yarmi esa şu miqdordan köp iş haqi olişini anglatadi. Boşqaça aytganda, oylik oluvçilarning hammasini maoşining hajmiga qarab bir safga terib qöysak, eng örtada turgan odam oyiga 4 mln 166 ming söm oylik oladi.
Agar bu miqdordan 12 foiz daromad soliğini çegirib taşlasak, rasmiy oylik oluvçilarning 50 foizida “qöliga tegadigan” maoş 3 mln 666 ming söm yoki taxminan 305 dollardan oşmasligi maʼlum böladi. Eng kam oyliklar Sirdaryo viloyatida: mediana körsatkiç 2 mln 998 ming söm. Soliqni çegirib taşlasak, oylikka işlovçi sirdaryoliklarning yarmi 2,6 mln sömgaça iş haqi olgani maʼlum böladi. Eng yuqori maoşlar esa Navoiy viloyati va Toşkent şahrida. Xususan, poytaxtdagi mediana iş haqi 6 mln 791 ming söm yoki soliqdan keyin 5 mln 976 ming söm bölgan. Örtaça oylik maoşlarga qarasak, mediana bilan örtada juda katta farq borligini köramiz.










