Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boşqarmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.
Mahkama xabariga köra, unda “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MÇJ rahbari Ş.A. va boşqalar 2019 yil davomida fuqarolarning işonçini suiiste'mol qilib, Daniya va Şveytsariya davlatlariga işga yuboriş vaji bilan ularning har biridan (61 nafar) 45 mln. sömdan jami 2,6 mlrd. sömni jamiyatning bank hisob raqamiga ötkazdirib, ularni işga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda köp miqdorda zarar yetkazişganligi ma'lum bölgan.
Bundan taşqari, jamiyatga aloqador şaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga işga yuboriş vaji bilan 4 nafar fuqaroning 16 500 AQŞ dollari hamda 125 mln. söm pullarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritişib, özlarining şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborişganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “INTERNATIONAL JOB ORGANIZATION xususiy bandlik agentligi” MÇJ rahbari Ş.A. va boşqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Yana bir XBAga jinoiy iş oçildi, boşqa bir MÇJ faoliyatidan 250 kişi jabrlandi
«Korean and migration xususiy bandlik agentligi» işi böyiça qöşimça ma'lumot berildi












