Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 27 oktabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 27 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Maxsus laboratoriyalar O‘zbekistondagi yo‘llarning sifatini aniqlaydi
© Flickr
O‘zbekiston avtoyo‘lchilari yo‘llar sifatini yaxshilaydigan maxsus tadqiqot loyihasini ishga tushirmoqda.
>>> Batafsil.
Afg‘oniston hukumati vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Foto: TIV matbuot xizmati
27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Afg‘oniston Islom respublikasi prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari hamda Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.
>>> Batafsil.
Italiya markazida bir kun ichida uchinchi marta zilzila ro‘y berdi
Foto: rosarossaonline.org
Italiyaning markaziy hududlarida bir sutka davomidagi uchinchi yer silkinishi qayd etildi, deb xabar qilmoqda RaiNews24 telekanali.
>>> Batafsil.
Kerri: Rossiya va Eronning ishtirokisiz Suriya muammosini hal etib bo‘lmaydi
Foto: Reuters
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga ko‘ra, Suriya inqirozini Rossiya va Eron ishtirokisiz hal etish mumkin emas.
>>> Batafsil.
Obamaning akasi ukasini Assanjni kechirishga undadi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Barak Obamaning o‘gay akasi Malik Obama o‘zining Twitter sahifasida davlat rahbarini WikiLeaks asoschisini afv etishga chaqirdi.
>>> Batafsil.
Pentagon IShIDning G‘arbga hujum qilish rejasidan ogohlantirmoqda
Foto: Reuters
IShID terrorchilik tashkiloti Suriyaning Raqqa shahridan g‘arb mamlakatlariga hujum qilishni rejalashtirmoqda.
>>> Batafsil.
Germaniya aholisining uchdan bir qismi Rossiya bilan urushdan qo‘rqmoqda
Foto: Daily Mail
Germaniya fuqarolarining har uchinchisi G‘arbning Rossiya bilan Qrim, Ukraina va Suriya bo‘yicha ziddiyati urushga aylanib ketishidan xavfsiramoqda.
>>> Batafsil.
Matematik model AQSh prezidentlik saylovlarida Trampning g‘alabasiga ishora qilmoqda
Foto: AFP
Nyu-York shtatining Stouni-Brukdagi Universitet professori Helmat Norpos AQShning yangi prezidenti respublikachi Donald Tramp bo‘lishini ma'lum qildi, u mamlakat prezidentlik saylovlaridagi barcha natijalarni muvaffaqiyatli bashorat qilib keladi.
>>> Batafsil.
So‘nggi 40 yil ichida sayyoradagi jonivorlar soni 60 foizga kamaygan
Foto: GETTY IMAGES
Sut emizuvchilar, qushlar, baliqlar, amfibiya va sudralib yuruvchilarning ko‘payishi 1970 yildan beri deyarli 60 foizga qisqargan. Bu haqda Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining hisobotida keltirilgan.
>>> Batafsil.
Malta Rossiya kemalariga yoqilg‘i quyib bermoqchi emas
Foto: © RIA Novosti
Malta Tashqi ishlar vaziri Jorj Vella ma'lum qildiki, rasmiy Valletta mamlakat hududida rossiyaliklarning kemalari yoqilg‘i quyib olishiga ruxsat bermaydi. Bu haqda Times of Malta xabar bergan.
>>> Batafsil.
Ta'lim maskanlaridan gazlangan ichimlik va tezpishar taomlar yo‘qoladi
Foto: smartnews
O‘zbekistondagi maktab, litsey va kollejlar oshxonalaridan kuchli gazlangan ichimliklar va tezpishar taomlar yo‘qoladi.
>>> Batafsil.
Qozog‘iston YuNeSKO ro‘yxati sabab shaharcha barpo etishni to‘xtatadi
Foto: caravan.kz
Qozog‘iston Olmaota viloyatidagi o‘rta asrlarga oid Talgar (Talxiz) shaharchasida yo‘l qurilishi ishlarini to‘xtatishga qaror qilindi. Bu haqda, mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Imangali Tasmagambetov ma'lum qilgan.
>>> Batafsil.
MI-6 rahbari “Jyeyms Bond haqiqiy josus bo‘la olmaydi” deb hisoblaydi
Foto: vogue.com
Birlashgan Qirollikning MI-6 tashqi razvedka xizmati rahbari Aleks Yanger Back History Month nashriga bergan intervyusida taniqli kinoqahramon Jyeyms Bond hayotda haqiqiy josus bo‘la olmasligini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Mercedes-Benz hashamatli pikap yaratdi
Foto: Mercedes-Benz
Mercedes-Benz kompaniyasi o‘z tarixidagi ilk pikapni yaratdi. X-Class premium modeli hozircha kontsept-kar maqomiga ega, uning seriyali ishlab chiqarilishi 2017 yildan yo‘lga qo‘yiladi.
>>> Batafsil.
R2D2ga o‘xshash aqlli uy roboti yaratildi

NX Robo kompaniyasi intellektual funksiyalarni amalga oshiruvchi ajoyib BIG-i uy robotini taqdim etadi.
>>> Batafsil.
Ibrahimovich faoliyatini qachon yakunlamoqchiligini aytdi
Foto: VVS
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrahimovich agar joriy mavsumda mankunianliklar bilan chempionlikka erisha olsa, joriy mavsum professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lib qolishini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Ronaldu Messi bilan qanday munosabatda ekani haqida gapirdi
Foto: AFP
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Marca nashriga bergan intervyusida Messi, o‘ziga murabbiylik qilgan mutaxassislar hamda raqib bo‘lgan futbolchilari haqida aytib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
16:14 / 08.12.2025
Aston Martin yarim asr uyda zanglab yotdi, endi esa u million funtga baholanmoqda
09:16 / 31.10.2025
Toshkentda «Mercedes-Benz» tez yordam avtomobili bilan to‘qnashdi
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024