NX Robo kompaniyasi intellektual funksiyalarni amalga oşiruvçi ajoyib BIG-i uy robotini taqdim etadi. Qurilma yana bir oila a'zosiga aylanişi mumkin.
BIG-i nima?
Robot uy atrofida kiçik aravaçalar yordamida harakat qiladi. U oila a'zolarining yuzi va ovozini begonalardan ajrata oladi hamda odam nutqini tuşunadi. Şuningdek, BIG-i kunlik reja va tadbirlarni yodga soladi – masalan, ovqat qiliş vaqtini.
BIG-i 3D köriş tizimi, faol idrok va intellektual dasturlaş bilan jihozlangan. U egasining har bir buyruğini qisqa algoritmga aylantiradi, keyin ularni bajaradi. Masalan robotga şunday deyiş mumkin: «Barça ketganida çiroqni öçir», – va u xona böş qolişini kutib turadi, keyin esa yoritiş tizimini öçiradi.
Robot örganişga qodir – sekin-asta u deyarli oila a'zosiga aylangan holda öz funksiyalarini a'lo bajarişga kirişadi. Şuningdek, BIG-i taşqi körinişi «Yulduzlar jangi»dagi R2D2ni yodga soladi. Yanada köproq öxşaşi uçun robotga qoğozdan öziga xos kostyum qiliş mumkin – bu uning funksionalligiga ta'sir qilmaydi.
Robot narxi
BIG-i xonaki versiyasi dastlabki investor uçun 749 dollar (iPhone 7dan arzonroq)ga aylanadi. Sotuvda esa robotlar ikki barobar qimmatroq böladi. Startapçilarga loyihani amalga oşiriş uçun 100 ming dollar kerak böldi, hozirda bir yarim barobar köproq mablağ yiğilgan.












