Nyu-York ştatining Stouni-Brukdagi Universitet professori Helmat Norpos AQŞning yangi prezidenti respublikaçi Donald Tramp bölişini ma'lum qildi, u mamlakat prezidentlik saylovlaridagi barça natijalarni muvaffaqiyatli başorat qilib keladi. Britaniyaning The Independent naşri şu haqida xabar berdi.  

Norpos sönggi 100 yil davomida AQŞ prezidentlik saylovlaridagi natijalarni deyarli xatosiz aniqlab bergan mexanik modelni işlab çiqqan: model “real vaqt” rejimi bilan birga köp yillar ilgari bölib ötgan saylovlarda ham sinalgan. Uning başorat qilişdagi yagona xatosi 2000 yilda, ya'ni Jorj Buş prezident bölganda qayd etilgan, öşanda model saylovlarda Albert Gorning ğolib bölişini taxmin qilgandi. Şuni e'tiborga oliş kerakki, 2000 yilda saylov ğolibi ovozlarning uzoq davom etgan qayta hisob-kitoblardan keyin e'lon qilingan edi. 

“Model joriy yilning fevral oyidayoq Trampning ğalabasini başorat qilgandi, öşandan buyon heç narsa özgargani yöq. Real dunyoda nimalar röy berişidan qat'i nazar, bu modelga ta'sir ötkazmaydi”, - deyiladi manbada. 

Öz vaqtida professor işlab çiqilgan modelning samaradorligini isbotlaş uçun uni köp yillar avval bölib ötgan saylovlarda sinovdan ötkazgan. Mexanik model praymeriz natijalarini örganib çiqib, AQŞ prezidentlik poygalari ğolibini töğri aniqlab bergan. 

Biroq The Independent’da ta'kidlanişiça, mazkur tizim siyosiy kuçlar hamjihatligidagi özgarişlarni inobatga olmaydi. 

Olimning sözlariga köra, model praymeriz natijalariga asoslanadi: dastlabki partiyaviy saylovlarda eng yaxşi natija körsatgan nomzod prezident böladi. 

“Mening fikrimça, Tramp praymerizdagi eng kuçli nomzod va u ğalaba qozonadi”, - dedi Norpos.