Qozoğiston Olmaota viloyatidagi örta asrlarga oid Talgar (Talxiz) şaharçasida yöl qurilişi işlarini töxtatişga qaror qilindi. Bu haqda, mamlakat boş vaziri örinbosari Imangali Tasmagambetov ma'lum qilgan.

Uning qayd etişiça, 2014 yili Talgarga xalqaro maqom berilgani bois, undan foydalaniş va uni asrab-avaylaş borasida Butunjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qiliş töğrisidagi Konventsiya qoidalariga rioya etiladi. Qozoğiston bu konvensiyaga 1994 yilda qöşilgan. 

Tasmagambetovning sözlariga köra, Talgar şaharçasida davlat idoralari harakatlarining muvofiqlaştirilmaganligi sababli taşkiliy va texnik mojarolarga olib kelgan. Bu esa, binolarni butunjahon merosi röyxatidan öçirilişiga olib kelişi mumkin. 

Şu sababli, Olmaota viloyati hokimligiga qöriqlanuvçi hududni aylanib ötuvçi yöl quriş loyihasini işlab çiqiş va amalga oşirişi vazifasi topşirilgan. 

Talxiz – Buyuk Ipak yölidagi örta asrlarga tegişli, bugungi Xitoy, Qirğiziston va Qozoğiston hududida joylaşgan 33ta şaharçadan biri hisoblanadi. 2014 yili Talxiz YuNeSKO Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan edi.