Germaniya fuqarolarining har uçinçisi Ğarbning Rossiya bilan Qrim, Ukraina va Suriya böyiça ziddiyati uruşga aylanib ketişidan xavfsiramoqda. Forsa tadqiqot instituti tomonidan ötkazilgan ijtimoiy sörov natijalari şunga dalolat qilmoqda. 

Unga köra, sörovnomada qatnaşgan 2504 kişidan 32 foizining fikriça, Rossiya bilan Ğarb mamlakatlarini bildiruvçi YeI hamda uning ittifoqçisi bölgan AQŞ örtasida uruş röy berişi mumkin. Biroq, söralganlarning 64 foizi bunday xavotirli öylardan yiroq ekanliklarini aytişgan. 

Tadqiqot natijasi, şuningdek, "Germaniya uçun muqobil" öta öng kayfiyatdagi siyosiy harakat tarafdorlari (63 foiz) Rossiya bilan uruş ehtimolini yuqori baholaşini körsatgan. 

Söralganlarning 41 foizi Rossiya va Ğarbning munosabatlarini yomon deb baholagan bölsa, 51 foizi muhim emas, deb hisoblagan.