19 Fevral

Prezident Jizzax viloyati hokimi bo‘lib ishlagan vaqtida qiyin vaqtlar bo‘lgani, shaharda bolalar uyidagi og‘ir sharoit haqida gapirdi.

Namangan viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi ishida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. Tumanlardagi muammolar tahlil qilinayotgan bir paytda Chust tumani G‘ova qishlog‘idagi Qirg‘izistonga chegara o‘tkazish punkti haqida so‘z bordi.

Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi davomida Namangan viloyati Uychi tumani «to‘rtligi» ishdan olindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunidayoq prezident qator obektlarga borishga, ko‘plab odamlar bilan muloqot qilishga ulgurdi. Kimdir prezidentdan dakki eshitgan bo‘lsa, kimdir maqtovga sazovor bo‘ldi.

Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etmoqda. Sessiya davomida prezident Namanganning oldingi hokimi haqida iliq fikr bildirdi.

Namangan viloyati xalq deputatlarining navbatdan tashqari 26-sessiyasi ishida davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. An'anaga ko‘ra viloyatdagi islohotlar tahlil qilindi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namanganga tashrifida navbatdagi manzil «Ishga marhamat» monomarkazi bo‘ldi. Davlat rahbari bu yerda ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.

18 Fevral

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi «Art soft holding» shirkatining ilmiy-amaliy malaka oshirish markazi hamda «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi xonadonlardan birida mehmon bo‘lib, xonadon ahli va ularning qo‘shnilari bilan muloqot qildi. Muloqot paytida shu yaqin atrofdagi masjiddan azon yangradi.

Gurungga qo‘ni-qo‘shnilar ham kelgan.

«Hozir Namangan viloyatining o‘zi yiliga 2 mlrd dollardan ko‘proq investitsiya jalb qilyapti», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ko`proq yangiliklar
Top