Namanganda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida xalq deputatlari viloyat kengaşi navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötmoqda. Unda 2020 yil 25 sentyabrdan buyon Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi bölib işlab kelgan Şavkat Abdurazzoqov viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Şu tariqa, uning lavozimidan vaqtinça bajaruvçi sözi olib taşlandi.

«Xabarlaring bor, Namangan viloyatining avvalgi hokimi Xayrulla Bozorov islohotlarimizni amalga oşiriş böyiça köp işlar qildi. Boşqa hududlarda bölgani kabi katta korxonalari yöq Namanganda hokim böliş oson emas. Biz Namanganda Bozorov bilan yaxşi işladik. Bu yerda olingan saboq va tajribani ikkinçi viloyatda ham qöllaş, odamlarning birini ikki qiliş uçun uni Farğona viloyatiga hokim qildik.

U yaxşi işlagani uçun Farğona viloyatiga ötkazdik. Bozorov bilan gaplaşib, unga yangi vazifalar qöydik. Mening Bozorovdan umidim katta.

Endi Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlaş masalasini körib çiqişimiz kerak. Namanganning bugungi rivojiga munosib, uddaburron, xalqparvar, tadbirkorni qöllab-quvvatlaydigan odamni rahbar qilib saylaşimiz kerak», degan prezident.

Davlat rahbari hokimlarni tayyorlaş va tayinlaş mas'uliyati haqida gapirgan.

«Hayot şundayki, men har bir viloyatga rahbar böla oladigan odamni tört-beş yil oldin tayyorlaşga majburman.

Endi yangi hokim masalasida gapirsak. Şavkat Abdurazoqov Namangan tumani, Namangan şahrida hokim bölgan, Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, vazir bölib işlagan. Namanganning şaroitini, xalqning dardini, Toşkentdagi kabinetlar eşigini qanday oçişni, masalani qanday hal qilişni biladi.

Namanganga Toşkentdan birorta vazirni olib keliş mumkin edi, lekin Namanganni yaxşi biladigan odam qöyilişi töğriroq böladi. Men Şavkat Abdurazzoqovni Namangan viloyati hokimi vazifasiga tavsiya qilaman. Hozirgi holatda undan yaxşiroq nomzod yöq, deb öylayman. U sizlar uçun yangi odam emas, öz içingizdan çiqqan odam», dedi prezident Şavkat Abdurazzoqov haqida.

Şavkat Abdurazzoqovning nomzodi Namangan viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.