19 Oktabr

Surxondaryolik paxtakorlar birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejacini bajargan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

18 Oktabr

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan mast haydovchi odam urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida YPX inspektoriga pora berishga uringan fuqaro qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida mashina boshqarib yurgan 15 yoshli o‘smirga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Surxondaryo viloyati Angor tumanida mashinadan pullar va telefon o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

17 Oktabr

Termiz shahrida kam ta'minlanganlar uchun qurilayotgan uylardan olib berishini aytib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan ayol yana bir jabrlanuvchidan pul olayotganda qo‘lga olingan.

16 Oktabr

Surxondaryoda o‘g‘irlikda gumon qilingan ikki fuqaro jinoyatni bo‘yniga olishi uchun IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganini aytmoqda. Ulardan biriga nisbatan elektr toki qo‘llangan bo‘lishi mumkin.

15 Oktabr

Joriy yil 14 oktyabr kuni Surxondaryo | Kun.uz Telegram-kanalida Sariosiyo tumani Sharq yulduzi mahallasida joylashgan 2 sotixli namunali uylarda 11 oktyabrdan buyon ichimlik suv ta'minoti uzilib qolgani yuzasidan aholi tomonidan yo‘llangan murojaat berildi.

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida Afg‘oniston fuqarolarining pulini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

14 Oktabr

Termiz shahrida spirtli ichimlik iste'mol qilgan holda tegishli hujjatlarsiz mashina boshqarib ketayotgan ayolga chora ko‘rilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida samarqandlik qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Kun.uz’da «Otalarni qiynagan muammo bolalarga meros o‘tyapti: Boysunda «ijarada yurgan» maktab filiali bor» sarlavhasi bilan tanqidiy maqola e'lon qilingandi. Mazkur maqola yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Ko`proq yangiliklar
Top