Termiz şahrida spirtli içimlik iste'mol qilgan holda tegişli hujjatlarsiz maşina boşqarib ketayotgan ayolga çora körilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 oktyabr tunda soat 00:50 larda şubhali harakatlar qilgan Spark maşinasi Termiz şahri Taraqqiyot köçasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX inspektorlarining e'tiborini tortgan.

Şundan söng Spark töxtatilib uning haydovçisi bölgan ayoldan tegişli hujjatlar söralganda u taqdim eta olmagan. Bundan taşqari, ayoldan spirtli içimlik hidi kelib turgan. Şu sababli inspektorlar tomonidan ayol tibbiy narkologik tekşiruvdan ötişga taklif etilgan.
Qayd etilişiça, narkolog vraç va alkotester apparati xulosasiga köra haydovçi 1990 yilda tuğilgan X.F. mast holatda ekanligi aniqlangan. Bundan taşqari, uning boşqaruvida bölgan Spark maşinasi boşqa şaxsga tegişli bölib, ayolda uni boşqariş huquqini beruvçi hujjatlar bölmagan.

Ta'kidlanişiça, YPX xodimlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning tegişli moddalari bilan ma'muriy bayonnoma tuzilgan. Maşina esa vaqtinçalik jarima maydoniga joylaştirilgan.
Surxondaryoda tez tibbiy yordam maşinasini mast holda boşqarib ketayotgan haydovçi aniqlandi

















