Joriy yilning 6 avgust keçasi Şörçi tumani “Toza hudud” DUK balansida bölgan beşta çiqindi taşiş maşinasining ehtiyot qismlari yeçib ketilgan.
Korxonada çiqindi yuklovçi vazifasida işlaydigan Siroj Şerniyozovning Kun.uz'ga aytişiça, dastlabki gumon korxona işçilariga qaratilgan. Taşkilotning aksariyat xodimlari tuman içki işlar bölimiga olib borilib, söroq qilingan.


“2 avgust kuni vaksina qabul qilgandim, ikki kun isitma qildim. Şifokorlar tavsiyasi bilan 5-6 avgust kunlari ham uydan çiqmaslikka harakat qildim. Işxonamizdagi öğirlik esa 6 avgust keçasi sodir bölganini aytişdi. Şunday bölsa-da, men ham bir-ikki marta tergovga çaqirildim. 8 sentyabr kuni “Bobur” mahallasi profilaktika inspektori qönğiroq qildi. Bu paytda iş joyimda edim. Şu vaqt işxonamga kelib, gap-sözsiz meni içki işlar idorasiga olib bordi.
Idoraning 1-qavat 8-xonasiga olib kirib, savob-javobni boşladi. Faxriddin ismli tergovçi meni nazarda tutib: “Öğrini uşlab keldingmi?” dedi. Keyin Ziyodulla degani kirib, haqorat qila boşladi. Böyningga olasan, deyişdi. Men öğirlik qilmaganimni aytdim.
Şundan keyin Elmurod, Faxriddin, Şuhrat, Ziyodulla ismli xodimlar bilan yolğiz qoldim, xonani qulflaşdi. Ziyodulla degani: “Senga hozir dözaxni körsataman” dedi. Şu yerda qora paketni olib boşimga kiygizib, böğdi, nafasim qaytdi. Ulardan töğri muomala qilişlarini söradim. Xonalarida kamera yöqligini aytdim.
Şundan keyin Ziyodulla: “Senga kafan yasayman” dedi. Qörqdim. Matoni kesib, bittasini bilagimga öraşdi, qolgani bilan közim va oyoğimni boğlaşdi. “Hozir şunday qilamiz, böyningga olasan, şu işni qilganman” deb aytasan, deyişdi. Öşa holatda polga ötqazişib, quloğimga ikkita kabelni ulaşdi. Şeriklari yelka va oyoqlarimdan bosib turdi, Ziyodulla aka qandaydir knopkali apparat orqali tokni köpaytirib-kamaytirib turdi. Quloğimga ulangan tokning oğriğidan tilimni çaynab taşladim. Undayam bölmay, qöl barmoqlarimga ulaşdi. Aytganlariday, dözaxni körsatdiyam.
“Bu osonlikça böyniga olmaydi, jinsiy a'zosiga ula, şunda böyniga oladi” deyişdi. Şundan keyin “böldi, men qildim” deyişga majbur böldim”,



















