Surxondaryoda kam ta'minlanganlar uchun qurilayotgan uylardan olib berishini aytib fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan ayol ushlandi

Foto: IIB axborot xizmati
Termiz shahrida kam ta'minlanganlar uchun qurilayotgan uylardan olib berishini aytib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirgan ayol yana bir jabrlanuvchidan pul olayotganda qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 oktyabr kuni Termiz shahar Bog‘zor mahallasida yashovchi I.S. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida Termiz shahrining Eski shahar mahallasida yashovchi R.Sh. shahar hududida kam ta'minlangan oilalar uchun qurilayotgan uylardan xonadon sotib olishda yordam berishini aytib undan 1 000 AQSh dollari talab qilayotganini bildirgan.
Ushbu ariza yuzasidan 13 oktyabr kuni viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash hamda jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda R.Sh. I.S.dan talab qilgan 1 000 dollardan 600 dollar va 2 million 130 ming so‘m pullarini olgan vaqtida ushlangan. Undan ashyoviy dalil hujjatlashtirib olingan.
Dastlabki surishtiruvlar davomida R.Sh. yana 4 nafar fuqarodan jami 4 million 247 ming so‘m va 4 500 dollar pullarni olgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, joriy yil 13 oktyabr kuni R.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukraina jangovar tajribasi bo‘lmagan HShM xodimlarini frontga yuboradi
Jahon | 15:15
-
Toshkentda "Ekologik patrul" qo‘shma bo‘linmasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 15:05
-
AQSh Yevropaga Putin bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi
Jahon | 15:03
Mavzuga oid

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

14:38 / 01.04.2025