Toşkent şahridagi Alfraganus universitetida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ kadrlarni tayyorlaş maqsadida “Bir makon – bir yöl: imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi ikkinçi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.

 “Bir makon – bir yöl: imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi Xalqaro konferensiyadan közlangan asosiy maqsad xalqaro darajada özaro ijtimoiy-iqtisodiy, fan-ta’lim, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlaş, davlatlar örtasida iqtisodiy hamkorlikni takomillaştiriş, xorijlik olimlar tomonidan tibbiyot, raqamli texnologiyalar, turizm, arxitektura va dizayn, zamonaviy ta’limni taşkil etişda innovatsion yondoşuvlar sohalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarga Özbekistonlik yoş olimlar, oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari, iqtidorli talaba-yoşlarni faol jalb qiliş, samarali ilmiy hamkorlikni yölga qöyiş hisoblanadi.

Bu yil ikkinçi marotaba taşkil etilayotgan xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham kengaydi. Xususan, xalqaro konferensiya işida mamlakatimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda, dunyoning 150ga yaqin Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Çexiya, Şvetsiya, Latviya, Amerika Qöşma Ştatlari, Markaziy Osiyo hamda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi davlatlaridagi nufuzli yetakçi oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professor-öqituvçilari, taniqli olimlar, xalqaro ekspertlar, iştirokçi davlatlarning işbilarmonlik doiralari, yetakçi kompaniyalari vakillari, UNESCO, TIKA kabi xalqaro taşkilotlarning mutaxassislari iştirok etmoqda.

“Özbekiston va Turkiya universitetlari hamkorligida taşkil qilingan “Bir makon – bir yöl: imkoniyatlar va muammolar, migratsiya, turizm va siyosiy iqtisod” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötgan 2022 yilda ilk marotaba ötkazilgan edi. Joriy yilda Alfraganus universiteti tomonidan ikkinçi marotaba taşkil qilindi. Tadbirda 20 ga yaqin davlatlardan TOP-1000 talikka kirgan 30 ga yaqin OTM professorlari va rektorlari iştirok etişyapti.

Konferensiya doirasida tibbiyot xodimlari, sanoat sohasi xodimlari, tadbirkorlar, restoran va mehmonxona biznesi mutaxassislari ham yurtimizga taşrif buyurişdi. Ular iştirokida maxsus amaliyot darslari, seminarlar ötiladi.