Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda xorij kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning aksariyati afg‘onistonliklarniki ekani ma'lum qilindi
Surxondaryoda xorij kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning asosiy qismi afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan birga tashkil etilgan. Bu haqda viloyat Statistika boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra Surxondaryo viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 520 tani tashkil etgan. Hozirgi kunda ulardan 490 tasi faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati afg‘onistonlik tadbirkorlar kapitali asosida tashkil etilgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning – davlatlar kesimida soni:
– Afg‘oniston – 319 ta;
– Rossiya – 41 ta;
– Tojikiston – 22 ta;
– Xitoy – 20 ta;
– Turkiya – 14 ta;
– Qozog‘iston – 13 ta;
– Boshqa davlatlar – 61 ta.
Qayd etilishicha, joriy yil olti oy davomida viloyatda xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ham aksariyati afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan birga tashkil etilgan.
Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yil yanvar-iyun oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
– Afg‘oniston – 72 ta;
– Xitoy – 5 ta;
– Turkiya – 4 ta;
– Tojikiston – 4 ta;
– Rossiya – 3 ta;
– Qozog‘iston – 3 ta
– AQSh – 1 ta.
Mavzuga oid
16:43 / 20.02.2026
Surxondaryoda hokim o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
15:09 / 19.02.2026
Surxondaryoda giyohvandlik moddasi bilan ushlanganlar 15 yilga qamaldi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
18:30 / 25.01.2026