Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida haydovçilik guvohnomasi bölmagan mast haydovçi odam urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvçi oğir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 12 oktyabr kuni 20:00 larda M41 Bişkek–Duşanbe–Termiz xalqaro avtomobil yölining Jarqörğon tumani Porloq yulduz mahallasi hududidan ötgan 1556-kilometrida noma'lum maşina 1969 yilda tuğilgan S.M.ni urib qoçib ketgan.

Xabar viloyat IIB navbatçilik qismiga kelib tuşgaç noma'lum maşinani qidirib topiş böyiça çoralar belgilanib, suriştiruv boşlab yuborilgan. Olib borilgan suriştiruvlar natijasida fuqaroni Jiguli maşinasi urib yuborgani, uning boşqaruvida esa Boysun tumanida yaşovçi şaxs bölgani aniqlangan. Gumonlanuvçi javobgarlikdan qutulib qoliş uçun maşinasini ustaxonada ta'mirlatgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Jarqörğon tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi, 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.