
: 30 aprelda Rossiya pop-estradasining qiroli Filipp Kirkorov özining 48 yoşini
. Bu kunda artistning şarafiga uning yaqinlari va hamkasblari tomonidan köplab iliq sözlar bildirildi. Tina Kandelaki, Ani Lorak, Alsu, Yana Rudkovskaya, Sergey Lazarev kabi yulduzlar özlarining mikrobloglarida qöşiqçiga salomatlik, baxt va yangi ijodiy çöqqilarni tilaşdi. Nikolay Baskov ham Kirkorovni antiqa usulda tabrikladi. U Instagram'dagi mikroblogida Kirkorov bilan birgalikda tuşgan qiziq bir suratini çop etib, uning ostiga quyidagiça hazilomuz tabrik sözini yozib qoldirdi: “Hurmatli Pop-qirol, seni çin qalbimdan tabriklayman!!! Senga baxt, muhabbat va barça ijodiy rejalaring amalga oşişini tilab qolaman! Sening farzandlaring seni xursand qilib yursinlar, muxlislar esa doimo sening ijodingga va sening uluğ iste'dodingga ulkan muhabbatlarida seni çömdirib yursinlar. Hurmat bilan pop-estrada Imperatori va sening muxlising!” Nikolayning muxlislari uning bu hazilini “Imperator ajoyib yumorga ega”, “Nikolay, Nikolay! A'lo darajadagi tabrik”, “Siz qanday quvnoqsiz” deya yuqori baholadilar. Darvoqe, Filipp Kirkorov özining tuğilgan kuni arafasida jurnalistlarni şahar taşqarisidagi uyiga taklif qilib, u yerda ularni özining farzandlari – qizi Alla-Viktoriya va öğli Martin bilan taniştirdi.







