[caption id="attachment_89253" align="alignnone" width="450"]

© 12news.uz[/caption] Suriyaning Idlib viloyati, Jisr-al-Şuğur hududida jang qilayotgan özbek jangarilari tasvirlangan videokadrlar 25 aprel kuni internetda paydo böldi, deya
12news.uz. Central Asia Online’ning ma'lumotlariga köra, özbek jangarilarining uşbu guruhi “Tavhid val Jihod” (TVD) yoki “Jannat oşiqlari” deb nom olgan. Kadrlarda guruh a'zolari özbek tilida baqirayotganini eşitiş mumkin. Ayni vaqtda, Suriyadagi uruşga Tojikistonning Xatlon viloyati Boxtan tumanidan 26 nafar yoş yigit qöşilgan, bu haqda tuman ma'muriyati vakillari ma'lum qilişgan. Bu yigitlarning barçasi, Suriyaga yöl olişidan avval, xorij mamlakatlarida mehnat faoliyati bilan şuğullangan. Boxtan tumani militsiyasi rahbari örinbosari Xolboy Zoirovning sözlariga köra, hozirgaça tört boxtanlik Suriyada halok bölgani ma'lum.






