
: 1 may kuni poytaxtdagi Radisson mehmonxonasining konferens-zalida Özbekiston Mustaqil bosma OAVlari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi va YuNeSKOning Özbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda “Milliy internet-jurnalistikani rivojlantirişning dolzarb masalalari” mavzusida respublika anjumani
. Anjumanda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi vakillari, tegişli vazirlik va boşqarmalar xodimlari, media-soha mutaxassislari, markaziy va viloyat bosma va internet-OAVlari jurnalistlari hamda Özbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari iştirok etdi. Anjuman davomida iştirokçilar tomonidan eng tezkor va ta'sirçan axborot vositasi sifatida internet-jurnalistikasiga kuçayib borayotgan qiziqiş, uning usullarining har tomonlama va çuqur özlaştirilişiga intiliş bugungi kunda milliy matbuotning xalqaro media-fazoda özining munosib örnini topişda muhim omil bölib xizmat qilişi ta'kidlab ötildi. Bugunda yurtimizda 20 mingdan ziyodroq veb-saytlar faoliyat yuritmoqda. Şu bilan birga Internet-OAVlar faol rivojlanmoqda, ayni paytda OAV sifatida röyxatdan ötgan 300 dan ortiq veb-sayt foydalanuvçilarga axborot-tahliliy xizmatlar körsatmoqda. Anjuman davomida mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada çuqurlaştiriş va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş konsepsiyasini amalga oşiriş doirasida söz va axborot erkinligini ta'minlaş sohasida milliy qonunçilikni takomillaştiriş masalalari va davlat siyosatining ustuvor yönalişlari; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini media-tuzilmalar faoliyati samaradorligi va sifatini oşirişga asos böladigan omil sifatida axborot sohasiga joriy qiliş tendensiyasi; Özbekistonda onlayn-jurnalistikani rivojlantirişning amaliy jihatlari; “blog”, “bloger”, “blog sohasi”, ularning jurnalist kasbining an'anaviy tasavvuridan prinsipial farqlari, Uznetda ijtimoiy javobgar blog va ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.









