1033649385

Kun.uz

: 2 may kuni maşhur balet raqqosasi Mayya Plisetskaya 89 yoşida yurak xurujidan

vafot etdi

. Bolşoy teatr boş direktori Vladimir Urin bergan ma'lumotlarga köra, Plisetskaya Germaniyada jon bergan. Plisetskaya kino va televideniyeda köp suratga tuşgan. Plisetskaya yaratgan obrazlar “Rus baleti ustalari” (1953) kinofilm-konsertida, “Oqquş qöli” (1957), “Bukri ot haqida ertak” (1961), “Anna Karenina” (1975) kinofilm-baletlarida, “Xovanşçina” (1959) kinofilm-operasida, “Karmen”ning kino- va teleekranizatsiyalarida (1969, 1978), “Bolero” va “Aysedora” (“Raqs poeziyasi” 1977), “Çayka” (1982), “Kuçukli xonim” (1986) baletlarining teleekranitsaziyalarida muhrlanib qolgan. Plisetskaya dramatik aktrisa sifatida ham köplab rollar ijro etgan: Aleksandr Zarxining “Anna Karenina”sida (1968, Betsi Tverskaya knyaginyasi roli), Igor Talankinning “Çaykovskiy”sida (1970, qöşiqçi Dezire roli), Ivan Turgenev qissasi böyiça olingan Anatoliy Efrosning "Fantaziya" televizion filmida, "Taşqi suvlar " (1976, Polozova roli), Ionas Vaytkusning “Zodiak”ida (1985, rassom Mikaloyus Çyurlenisning ilhom parisi roli).

xab-4