1430

Kun.uz

: 1-2 may kunlari Özbekiston Oliy Ligasining 7-tur öyinlari bölib ötdi. 1 may kuni turning markaziy uçraşuvida Qarşining «Nasaf» jamoasi Toşkentning «Lokomotiv» klubini qabul qildi va kiçik hisobda ğalaba qozondi. Öyinning 10-daqiqasida Farrux Sayfiyev tomonidan kiritilgan gol «Nasaf»ga ğalaba keltirdi - 1:0. Uşbu ğalabadan söng «Nasaf» öz oçkolari sonini 18taga yetkazdi va turnir jadvalidagi peşqadamligini mustahkamladi. Turning yana bir uçraşuvida «Paxtakor» öz maydonida «Navbahor»ni qabul qildi va kiçik hisobda ğalaba qozondi. Stanislav Andreyevning 83-daqiqada kiritgan goli «Paxtakor»ga ğalaba keltirdi - 1:0. 2 may kunining markaziy uçraşuvida "Bunyodkor" kutilmaganda "Neftçi"ga öz maydonida mağlub böldi. 21-daqiqada “Neftçi” futbolçilari taşkil etgan qarşi hujum natijasida penalti işlandi va 11 metrlik nuqtadan Rözimboy Ahmedov hisobni oçdi. Şu hisob öyin oxirigaça saqlanib qoldi va endi farğonaliklar 17 oçko bilan ikkinçi öringa joylaşişdi. 7 turning qolgan uçraşuvlarida "Söğdiyona" "Maş'al"ni 2:1, "Qöqon-1912" "Buxoro"ni 2:1, "Dinamo" "Metallurg"ni 1:0 hisoblarida mağlub etdi. "Andijon" va "Şörtan" bahsida nursiz durang qayd etilgan bölsa, "Olmaliq" "Qizilqum"ni 2:0 hisobida taslim qildi.

Screenshot_6

xab-