
Kun.uz: Germaniyalik olimlar körinmas plaşç ixtiro qilişgani aytilmoqda. The Independent naşrida ma'lum qilinişiça, uşbu yopinçiq odamni özgalar nigohidan yaşirişi mumkin. Qayd qilinişiça, dastlab tadqiqotçilar kiçik obektlarni yaşirişi mumkin bölgan idiş yasaşgan. Körinmaslik effektiga idiş nurni tarqatuvçi maxsus böyoq bilan qoplangan yuza tufayli erişadi. Keyinçalik bu ixtiro takomillaştirilib, plaşç-yopinçiq darajasiga yetkazildi. Tadqiqotçilarning aytişiga qaraganda, hozirça u faqat unça yaxşi yoritilmagan xonada işlaydi. Kaşfiyot keyingi haftada Kaliforniyada bölib ötadigan konferensiyada ilmiy jamoatçilikka taqdim etiladi.







