884840

Kun.uz: Bugungi kunda Özbekiston MDH va Şarqiy Yevropa mamlakatlari orasida qayd qilingan Sof rivojlaniş mexanizmi (SRM) loyihalari soni hamda çiqindilarni rejalaştirilgan qisqartiriş hajmi böyiça yetakçilik qilişda davom ettmoqda. Sof rivojlaniş mexanizmi loyihasiga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar qiymati 24 mln dollardan oşib ketdi, bu loyihalarning neft-gaz sohasida amalga oşirilişidan olingan qöşimça samara 5 yil içida 700 mln kub metrdan köproq tejalgan tabiiy gazni taşkil qildi.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, mamlakatda qisqa muddatlar içida SRM loyihalari salohiyatini amalga oşirişga Özbekistonning yuqori institutsional tayyorgarligi imkon berdi. 7 yildan kamroq davr içida nafaqat SRM-loyihalaridan taşkil topgan milliy portfelni şakllantirişga, balki muomalaga 14,4 mln tonna sertifikatlangan çiqindilar qisqartirişini kiritişga muvaffaq bölindi.

Ma'lumot uçun, Sof rivojlaniş mexanizmi Kioto protokolida yozilgan uçta bozor mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Bu mexanizm rivojlanayotgan davlatlarning dunyo bozoridagi emissiyalarni qisqartirişi va barqaror rivojlanişga erişişi uçun taşkil etilgan.

Sof rivojlaniş mexanizmi issiqxona gazlarining atrof-muhitga çiqarilişini iqtisodiy tomondan samarali ravişda kamaytirişga imkon beradi. Barqaror rivojlaniş jarayoniga qöşgan faol hissangiz uçun sizga ruxsat berilgan çiqindilar şaklida kreditlar taqdim qilinadi. Siz ulardan öz vazifalaringizni hal qilişda foydalanişingiz yoki uni issiqhona gazlari çiqindilari savdo bozorida almaşişingiz mumkin böladi.