
Kun.uz: Regbi böyiça Angliyaning uçinçi divizionida qatnaşuvçi “Kitli Kugars” jamoasi safida öynovçi, Uels terma jamoasining öyinçisi Denni Jons öyin paytida yurak xurujini boşidan ötkazdi hamda keyinroq şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Öyinning 4-daqiqasida özini yomon his qilgani uçun almaştirilgan 29 yoşli Jons öyindan çiqib ketgandan keyin huşidan ketib, yiqilib tuşdi va zudlik bilan şifoxonaga yetkazildi. Şifokorlarning uni huşiga keltirişga urinişlariga qaramay, sportçi öziga kelmadi. Bu voqeadan keyin töxtatib qöyilgan öyin ham oxirigaça yetkazilmay qolib ketdi.
Eng oliy darajada – Uels terma jamoasida öynaşga muvaffaq bölgan Jons 5 oylik egizaklarning otasi edi.
Aprel oxirida Belgiyaning “Lokeren” futbol klubi öyinçisi 24 yoşli Gregori Mertens “Genk” bilan uçraşuv paytida yurak xurujiga uçragan va bir neça kun ötib öziga kelmay vafot etgan edi.







