BMT giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi direktori Yuriy Fedotov Aşxobodda bölib ötgan Markaziy Osiyoda giyohvandlik nazorati sohasidagi mintaqaviy hamkorlik böyiça kelişuv Memorandumiga a'zo mamlakatlarning töqqizinçi uçraşuvida sözlagan ma'ruzasida Afğonistondan giyohvand moddalar oqimi kuçayib borayotganini e'tirof etdi.
Uning aytişiça, 2014 yilda Afğonistonda 2013 yilga nisbatan 7 foizga köproq köknor ekilgan. Afyun işlab çiqariş esa 17 foizga oşib, 6.4 tonnani taşkil qilgan.
Şuningdek, u BMT Boş Assambleyasining giyohvandlik masalalariga bağişlangan maxsus sessiyasiga tayyorgarlik körilayotganini ma'lum qildi.
Uçraşuv yakunlariga köra Markaziy Osiyo davlatlari tomonidan 2015-2019 yillarda mintaqaviy hamkorlik deklaratsiyasi va dasturi qabul qilindi.