Yevropa Ittifoqi AQŞning McDonald's kompaniyasi tomonidan 1 mlrd yevro miqdoridagi soliq tölovlarini amalga oşirişdan böyin tovlanişi haqidagi iş yuzasidan taftiş işlarini olib bormoqda. The Guardian naşrida yozilişiça, restoranlar tarmoği Lyuksemburg orqali turli moliyaviy operatsiyalar ötkazib, öz daromadlarining bir qismini yaşirgan va soliqlarni tölamagan.
Yevropa Ittifoqining raqobat masalalari böyiça komissari Margret Vestagerning bayonotiga köra, kompaniya ustidan kasaba uyuşmalari da'vo arizalari bergan. Ularda ma'lum qilinişiça, 2009-2013 yillar orasida kompaniya 3.7 mlrd yevro uçun faqat 16 mln yevro soliq tölagan. Ta'kidlanişiça, McDonald's Lyuksemburgdagi strukturaga pullarni yuborgan, öz navbatida Şveytsariyadagi bölinma intellektual mulk uçun soliq imtiyozlaridan foydalanib, tölovlarni kamroq miqdorda amalga oşirgan.
McDonald's matbuot kotibi Xaydi Barker ayblovlarni izohlaşdan boş tortdi.