Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyyer «Barselona»ga qarşi öyin oldidan öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Men Lionel Messi va uning natijalarini qattiq hurmat qilaman. U judayam kamtar inson. Biroq unga qarşi öyinlarda maydonda aslida kim xöjayin ekanini körsatib qöyiş kerak. Bu işni jahon çempionati finalida uddalagandim. Yana bir bor bunga urinib köraman».

«Barselona»ga qarşi uçraşuv biz uçun muddatidan oldingi final. Biz Berlin finalida öynaş uçun qölimizdan kelgan barça işni amalga oşirimiz kerak».

«Oldingi safar biz ikkala uçraşuvda ham yaqqol ustunlik qilgandik. Lekin hozir vaziyat boşqaça. Ularda jarohat olgan futbolçilar yöq. Messi hamon eng zör bölib qolmoqda. Biz esa yetakçilarsiz öynaşga majburmiz. Oson bölmasligini bilamiz, biroq öz imkoniyatimizdan foydalana olişimizga işonaman», deya Noyyerning sözlaridan iqtibos keltirmoqda «Yevrosport-Britaniya» naşri.